Kongoda Ebola avj olişi fonida şifokorlar iş taşlayapti
Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi epidemiyasi fonida şifokorlarning iş taşlaşi boşlandi. Tibbiyot xodimlari iş haqini oşiriş, mehnat şaroitlarini yaxşilaş va soğliqni saqlaş sohasiga investitsiyalarni köpaytirişni talab qilmoqda. Bu haqda SBS News xabar berdi.
Şu bilan birga, kasaba uyuşmalari hukumat bilan muzokaralar olib borayotgan bir paytda, mamlakatdagi tez tibbiy yordam xizmatlari öz faoliyatini davom ettirmoqda va bemorlarga yordam körsatmoqda.
Tibbiyot xodimlarining iş taşlaşidan taşqari, virusni aniqlaş testlari bilan boğliq muammolar ham yuzaga kelgan: Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) malum qilişiça, taşkilotning Janubiy Kivu provintsiyasidagi Bukavu va Lviro, şuningdek, qöşni Şimoliy Kivu provintsiyasidagi Goma şahrida joylaşgan uçta laboratoriyasida bemorlardan olingan namunalarni tahlil qiliş uçun zarur bölgan sarflaş materiallari tugab qolgan.
Mana şunday vaziyatda Kongo rasmiylari Bundibugyo ştammi keltirib çiqargan 598 ta tasdiqlangan kasallaniş holati va 115 ta ölim haqida xabar bermoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasidagi uçta laboratoriyada Ebola virusini aniqlaş böyiça testlar jihozlar yetişmasligi sababli vaqtinça töxtatilgani haqida xabar berilgan edi.