Rossiya Finlyandiya biqinida yirik harbiy baza qurmoqda
Rossiya Kareliyada – Finlyandiya çegarasidan bor-yöği bir neça ön kilometr uzoqlikda yangi harbiy şaharça qurişni boşladi. Bu haqda finlyandiyalik harbiy ekspert va sobiq razvedka ofitseri Marko Eklun hamda suniy yöldoş suratlariga tayanib, “Yle” xabar berdi.
Naşr malumotlariga köra, Petrozavodsk yaqinidagi Novaya Vilga qişloğida allaqaçon öntaça yirik kazarma binolari qad rostlamoqda. Uşbu bölajak obekt sönggi ön yilliklar içida Finlyandiya çegarasi yaqinida qurilgan eng yirik Rossiya garnizonlaridan biriga aylanişi mumkin.
Qurilişning faol bosqiçi 2026 yilning bahorida boşlangan. Hududni tayyorlaş işlari esa ötgan yilning oxiridayoq yölga qöyilgan: noyabr oyida ilk bor daraxtlarni kesiş holatlari qayd etilgan, şundan söng qişda maydonda keng kölamli yer qaziş işlari boşlab yuborilgan.
Suniy yöldoş tasvirlari tahlili şuni körsatadiki, işlar jadal suratlar bilan olib borilmoqda. Bölajak harbiy şaharça hududida allaqaçon yangi infratuzilma obektlari, jumladan, yirik kazarma komplekslari şakllantirilmoqda.
Finlyandiyalik kuzatuvçilarning qayd etişiça, loyiha miqyosi mintaqadagi avvalgi harbiy işlardan sezilarli darajada farq qiladi, çunki ular ilgari asosan Sovet davridan qolgan obektlarni rekonstruktsiya va modernizatsiya qiliş bilan çeklanib kelar edi. Ularning baholaşiça, yangi garnizon sönggi ön yilliklar içida Rossiya tomonidan Finlyandiya çegarasi yaqinida qurilgan eng yirik harbiy obektlardan biri bölişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Finlyandiya Harbiy-dengiz kuçlari Fin qöltiğida – Rossiya çegarasi yaqinida “Narrow Waters 26-1” maşğulotlarini ötkazgandi.