Eron atrofida AQŞ kemalari va qiruvçilari köpaydi
17-02-2026, 13:51
77 марта

Eron atrofida AQŞ kemalari va qiruvçilari köpaydi
Abraham Linkoln yanvar oyi oxirida AQŞ prezidenti buyruği bilan Fors körfazi mintaqasiga joylaştirilgan. Biroq u şu paytgaça suniy yöldoş tasvirlarida körinmagandi. Çunki u oçiq dengizda — suniy yöldoş qamrovi çeklangan hududda harakatlangan. Endilikda Yevropaning Sentinel-2 suniy yöldoşlari tasvirlarida kema Ummon sohillaridan taxminan 240 kilometr uzoqlikda, Arab dengizida aniqlangan. U Erondan qariyb 700 kilometr masofada joylaşgan.
Abraham Linkoln yadroviy quvvatda işlovçi Nimitz sinfidagi aviatsiya taşuvçi kema bölib, 90 ta samolyot (ular orasida F-35 qiruvçilari ham bor) va 5 680 nafar ekipajga ega. U uçta Arleigh Burke turidagi esminets bilan birga harakatlanadi.

Şuningdek, AQŞ Yaqin Şarqqa dunyodagi eng yirik harbiy kema — USS Gerald R. Ford’ni ham yuborgan. U uç hafta içida mintaqaga yetib kelişi kutilmoqda.