Pentagon Yaqin Şarqqa yana bir aviataşuvçi kema yubormoqda
13-02-2026, 17:11
153 марта

Pentagon Yaqin Şarqqa yana bir aviataşuvçi kema yubormoqda
Keça, 12 fevral kuni AQŞ Mudofaa vazirligi Yaqin Şarqdagi vaziyat fonida mintaqaga yana bir aviataşuvçi kema yuborişga qaror qildi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.Malumotlarga köra, hozirda Karib dengizida joylaşgan AQŞ Harbiy-dengiz kuçlarining “Gerald R. Ford” aviataşuvçi kemasi va unga hamrohlik qiluvçi harbiy kemalar Yaqin Şarqqa yöl oladi. Kema ekipaji uşbu qaror haqida keça, 12 fevral kuni xabardor qilingan.
Yangi buyruqqa muvofiq, “Gerald R. Ford” zarba beruvçi guruhi Fors körfazida joylaşgan “Avraam Linkoln” aviataşuvçi guruhi safiga qöşiladi.
Avvalroq, Pentagon mintaqadagi keskin vaziyat sabab ikkinçi aviataşuvçi zarba beruvçi guruhni Yaqin Şarqqa joylaştirişga tayyorgarlik körişga buyruq bergan. Biroq, öşanda qaysi kuçlar nazarda tutilayotgani oçiqlanmagan.
Takidlanişiça, “Gerald R. Ford” kemasidagi jangovar samolyotlar yanvar oyida Karakasga uyuştirilgan operatsiyada iştirok etgan. Uşbu operatsiya natijasida Venesuyela Prezidenti Nikolas Maduro qölga olingani aytilmoqda.
Şuningdek, keça, 12 fevral kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp agar Eron kelişuvga rozi bölmasa, Vaşington Tehronga nisbatan jiddiy çoralar körişini bildirgan.