Hind okeanida million yillik kitlar qabristoni topildi
Olimlar Hind okeanining janubi-şarqiy qismida, suv ostida taxminan 7 kilometr çuqurlikda joylaşgan qadimiy kitlar qabristonini aniqladi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Tadqiqotlarga köra, bu joy millionlab yillar davomida şakllangan bölib, hozirgaça topilgan eng katta, eng çuqur va eng qadimiy kitlar qabristoni hisoblanadi. Uşbu joyda kitlarning ulkan suyaklari atrofida juda boy dengiz hayoti şakllangani aniqlangan. Bu yerda meduzalar, nayça-qurtlar, dengiz yulduzlari, dengiz bodringlari, mayda omarlar va turli mollyuskalar yaşab kelmoqda. Olimlar bu ekotizim içida hali fanga nomalum bölgan yangi turlar ham mavjud bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Tadqiqotlar 2023 yilda bir neçta çuqur dengiz ekspeditsiyalari davomida olib borilgan. Olimlar maxsus suvosti apparatlari yordamida hududni örganib, beşta alohida kit qoldiqlari joylaşgan hududni xaritaga tuşirgan va qadimiy suyak namunalarini töplagan. Eng eski topilmalar taxminan 5,3 million yil avvalgi davrga tegişli ekani aniqlangan.
Mutaxassislarning tuşuntirişiça, kitlarning juda katta tana tuzilişi va suyaklar tarkibidagi organik hamda mineral moddalar bu joyda maxsus ovqatlaniş zanjirini şakllantirgan. Kit jasadlari dengiz tubiga çökkaç, ular asta-sekin parçalanib, atrofdagi organizmlar uçun uzoq muddatli ozuqa manbaiga aylangan.
Şu bilan birga, hududning juda çuqur joylaşgani suyaklarning millionlab yillar davomida saqlanib qolişiga yordam bergan. Tadqiqotçilarning fikriça, suyaklar ziçligi yuqori bölgani uçun ularni yemiruvçi organizmlar tasiriga ham çidamli bölgan, qöşimça ravişda dengiz suvidagi minerallar suyak yuzasini qoplab, ularni yanada mustahkam qilgan.
Olimlar bu hududda nega aynan şunça köp kitlar nobud bölganini aniq ayta olmagan. Taxminlarga köra, kitlar bu hududda tabiiy sabablar bilan ölgan bölişi mumkin yoki okean oqimlari ularning jasadlarini bir joyga töplab, qabristonni hosil qilgan.
Tadqiqotçilarning bildirişiça, bunday topilmalar juda muhim ahamiyatga ega, çunki ular Yerning eng ekstremal şaroitlarida ham hayot qanday moslaşişi va yaşab qolişini tuşunişga yordam beradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq olimlar dinozavrlar davrida yaşagan yirik dengiz sudralib yuruvçisini kaşf etib, unga Tylosaurus rex deb nom bergandi. Tylosaurus rex taxminan 80 million yil avval Şimoliy Amerikaning öşa davrdagi içki dengizlarida yaşagan.