Tabrikdan taşrifgaça: Tramp Putin va Zelenskiy bilan telefon orqali gaplaşdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp bugun, 15 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan alohida telefon suhbatlari ötkazdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Kreml yordamçisi Yuriy Uşakovning malum qilişiça, Tramp va Putin örtasidagi suhbat 55 daqiqa davom etgan. Tomonlar AQŞ va Rossiya munosabatlari, şuningdek, Eron bilan boğliq vaziyat hamda mojaroning ehtimoliy yakunlanişini muhokama qilgan.
Uşakovga köra, Tramp Rossiya—Ukraina uruşini tugatiş tarafdori ekanini bildirib, yaqinlaşib kelayotgan G7 sammiti doirasida Kiyev va Yevropa davlatlariga tasir ötkazişga tayyorligini aytgan.
Putin esa Rossiya hududidagi fuqarolik infratuzilmasiga uyuştirilayotgan hujumlar mojaroni hal etişga tösqinlik qilayotganini takidlagan. Şuningdek, u G7 sammitida Yevropa yetakçilari va Zelenskiy uruşni davom ettirişga xizmat qiladigan takliflarni ilgari surişi mumkinligini bildirgan.
Uşakovning aytişiça, Putin va Tramp suhbatida AQŞning maxsus vakillari Stiv Uitkoff hamda Jared Kuşnerning yaqin kunlarda Moskvaga taşrifi masalasi ham kelişib olingan.
Şu bilan birga, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Tramp bilan telefon orqali gaplaşganini malum qilgan. U AQŞ yetakçisini 80 yillik yubileyi bilan tabriklagan hamda tomonlar tinçlikka erişiş yöllari, frontdagi vaziyat va kelgusidagi diplomatik qadamlarni muhokama qilganini aytgan.
Zelenskiyning sözlariga köra, u Tramp bilan G7 sammiti doirasida uçraşuv ötkazişga kelişib olgan. Hozirça bu ikki tomonlama uçraşuv böladimi yoki sammit doirasidagi muzokaralar şaklida ötadimi, aniq emas.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Trampga tavallud kuni – yubiley ayyomi munosabati bilan tabrik yöllagan edi.