USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özini lordning xotini qilib körsatgan oqsoç qimmatbaho buyumlarni ömardi

107 марта
Ўзини лорднинг хотини қилиб кўрсатган оқсоч қимматбаҳо буюмларни ўмарди

Rossiyaning Moskva şahri Zamoskvoretskiy sudi qimmatbaho soatlar va pul mablağlarini öğirlaş, şuningdek, firibgarlikda ayblanayotgan xizmatkor ayol Lyudmila Farmerni 5 yilga ozodlikdan hukm qildi. Bu haqda TASS tanişgan sud hujjatlarida keltirilgan.

“Farmer Lyudmila Viktorovna Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi 1-qismi (işonçni suiistemol qiliş orqali firibgarlik) va 158-moddasi 4-qismi “b” bandida (öta yirik hajmdagi öğrilik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilsin va jinoyatlar majmui böyiça jazolarni qisman qöşiş orqali unga jarima bilan birga umumiy tartibli axloq tuzatiş koloniyasida 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlansin”, deyiladi hujjatda.

Apellyatsiya instantsiyasi sudi Farmerni davo muddati ötganligi sababli firibgarlik uçun berilgan jazodan ozod qilgan va hukmdan jinoyatlar majmui böyiça jazo tayinlaş haqidagi körsatmani çiqarib taşlagan, biroq hukmning qolgan qismi özgarişsiz qoldirilgan.

Sudning aniqlaşiça, Farmer Moskvadagi öşa paytda tamirlanayotgan ikki qavatli xonadonni tozalaş uçun xizmatkor sifatida işga yollangan. Uy egalari tatilga ketgan, Farmer esa uyga kiriş imkoniga ega bölib, xonadonni tozalaşi, ayrim maişiy masalalarni nazorat qilişi va messenjer orqali uy bekasi bilan aloqada bölib turişi kerak edi. Jabrlanuvçi bilan tanişayotganda Farmer Buyuk Britaniyada doimiy yaşaş huquqiga ega ekanligi, turmuş örtoği bilan dunyo böylab sayohat qilgani, erining bankda işlaşi haqida gapirib bergan va özini interer dizayneri sifatida taniştirgan.

2023 yilning avgust oyida uy egalarining yöqligi va öz harakatlari nazorat qilinmayotganidan foydalanib, Farmer yotoqxonadan yaşirinça bir neçta qimmatbaho qöl soatlarini, jumladan, Rolex, Cartier va Audemars Piguet brendlarini, şuningdek, pul mablağlarini öğirlagan. U mulkning bir qismini lombard orqali tasarruf etgan: u yerda 800 ming rubl kredit garovi evaziga Rolex Submariner soati, 200 ming rubl kredit garovi evaziga Cartier soati hamda 250 ming rubl kredit garovi evaziga yana bir Rolex soati qabul qilingan. Şuningdek, Farmerdan 900 ming rubl kredit garovi evaziga Audemars Piguet soati ham qabul qilingan. Lombard xodimasining sudga malum qilişiça, Farmer soatlarni topşirayotganda ularni özi va vafot etgan eri – Buyuk Britaniya fuqarosining şaxsiy mulki sifatida taqdim etgan va özini sobiq lordning xotini ekanligini davo qilgan.

Bundan taşqari, Moskvaning Zamoskvoretskiy sudi Farmerni firibgarlikda ham aybdor deb topgan. 2023 yil avgust oyi oxirida u messenjer orqali uy bekasiga göyoki xonadonda bölib, tozalaş işlarini bajarayotgandek taassurot qoldiruvçi xabarlar yuborib turgan. Uşbu xabarlar asosida jabrlanuvçi unga iş haqini ötkazib bergan, biroq sud öşa kunlari Farmer aslida iş joyida bölmagani va iş bajarmaganini aniqlagan.

Sudlanuvçi öz aybini tan olmagan. U mulkni öğirlamaganini, balki qimmatbaho soatlar va zargarlik buyumlarini göyoki uy bekasining iltimosiga binoan lombardga topşirganini davo qilgan. Şuningdek, u iş haqini haqiqatda işlagan vaqti uçun olganini, jumladan, uning sözlariga köra, boşqa vaqtda işlab beriş orqali qoplangan kunlar uçun tölanganini bildirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: