Roup-jamping paytida 21 yoşli qiz halok böldi
Braziliyaning Limeyra şahridagi roup-jamping attraktsionida 21 yoşli qiz halok böldi. Yöriqçilar xavfsizlik arqonini boğlaşni unutib, uni 40 metrlik balandlikdan pastga taşlab yuborgan. Bu haqda “G1” kanali xabar berdi.
Fojia joriy yilning 13 iyun kuni San-Paulu ştatidagi “Skeleton Bridge” (Skelet köprigi) deb nomlanuvçi köprikda sodir bölgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda qiz jarlikka taşlanayotgan paytda arqon yerda yotganini köriş mumkin. Keyingi kadrlarda esa “Arqon, arqon!” degan baqiriqlar eşitiladi.
Fojiadan söng kompaniyaning uç nafar xodimi qölga olingan va ularga nisbatan ehtiyotsizlik ortidan odam öldiriş ayblovi qöyilgan. Ular voqea qanday sodir bölganiga aniq javob bera olmagan.
“Ularning boşi qotib qolgan, çunki ular uzoq vaqtdan beri roup-jamping taşkil qiliş bilan şuğullanib kelişgan”, deydi politsiya.
Dastlabki malumotlarga köra, voqeadan keyin gumonlanuvçilardan ikki nafari yaqin atrofdagi örmonzor hududga yaşirinişga uringan. Ularga 12 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi xavf solmoqda. Halok bölgan qizning yaqinlari ularni qonunning eng qatiy çoralari bilan jazolaşni söragan.
“U yoş, hayotga töla edi va professionallarga işongandi. Bu odamlar özlarining masuliyatsizligi tufayli uni kelajagidan mahrum qilişdi”, deydi qizning otasi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tojikistonning Xöjand şahrida kuçli şamol oqibatida havo şari boşqaruvni yöqotib, uylarning tomiga qulagandi. Oqibatda uç kişi jarohatlangan.