Rözğor dardida Turkiyaga ketgan 54 yaşar özbekistonlik “stanok” ostida halok böldi
12-05-2026, 17:05
276 марта

Rözğor dardida Turkiyaga ketgan 54 yaşar özbekistonlik “stanok” ostida halok böldi
Turkiyaning Sakarya viloyati Söğutli tumanida joylaşgan sanoat zonasidagi alyumin zavodida 54 yoşli özbekistonlik işçi press dastgohi ostida qolib, fojiali tarzda halok böldi. Bu haqda Turkiya mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Voqea joriy yilning 8 may kuni sodir bölgan. Zavodda işlovçi özbekistonlik O.E. hozirça nomalum sababga köra ulkan press dastgohi ostida qolib ketgan. Hamkasblarining xabariga köra, voqea joyiga köp sonli öt öçiriş, tez yordam va politsiya guruhlari yetib borgan.
Işçi voqea joyining özida hayotdan köz yumgan.
Hodisadan söng ötkazilgan suriştiruvlar davomida marhum O.E. işlaş va yangi hayot boşlaş maqsadida 2026 yil 22 mart kuni Turkiyaga qonuniy yöllar bilan kirib kelgan. Uning Turkiyadagi mehnat faoliyatiga hali ikki oy tölmasdan yuz bergan bu fojia oilasi va hamkasblarini çuqur qayğuga solgan.
Voqea joyidagi dastlabki tekşiruvlardan söng Respublika prokuraturasi tomonidan sud-tergov işlari boşlandi. Politsiya va mehnat xavfsizligi mutaxassislari fojia ehtiyotsizlik oqibatidami yoki texnik nosozlik tufayli kelib çiqqanini aniqlaş uçun zavodning xavfsizlik kameralari yozuvlari va uskunalarni sinçkovlik bilan tekşirmoqda.
O.E.ning jasadi ölimning aniq sababini aniqlaş maqsadida Sakarya öquv-tadqiqot şifoxonasining sud-tibbiyot ekspertizasi markaziga yuborilgan. Tergov-suriştiruv işlari tufayli zavoddagi işlab çiqariş faoliyati vaqtinça töxtatilgan.