Janubiy Koreyadagi metall zavodida özbekistonlik işçi vafot etdi
9-03-2026, 23:17
321 марта

Janubiy Koreyadagi metall zavodida özbekistonlik işçi vafot etdi
Janubiy Koreyaning Çungçong-Namdo provintsiyasi, Sosan şahridagi metall eritiş zavodida 50 yoşli Özbekiston fuqarosi yuk kötargiç urib yuborişi va oğir materiallar ostida qolişi natijasida hayotdan köz yumdi.Janubiy Koreya politsiyasi va mehnat organlarining 9 mart kungi malumotlariga köra, hodisa keça, 8 mart kuni Seosan Auto Valley sanoat zonasidagi zavodda sodir bölgan.
Özbekistonlik erkak iş jarayonida harakatlanib kelayotgan yuk kötargiç bilan urilgan, söngra zavod materiallari ostida qolib ketgan. Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvçilar uni oğir ahvolda şifoxonaga olib ketişgan. Tibbiyot xodimlarining say harakatlariga qaramay vafot etgan.
Dastlabki taxminlarga köra, baxtsiz hodisaga yuk kötargiç haydovçisi öz qarşisida turgan işçini payqamay qolgani sabab bölgan. Hozirda politsiya va mehnat inspektsiyasi hodisaning aniq sabablarini örganmoqda.