Rossiyada portlaş. Özbekistonlik 5 farzandning otasi halok böldi
17-04-2026, 17:39
421 марта

Rossiyada portlaş. Özbekistonlik 5 farzandning otasi halok böldi
Bugun, 17 aprel kuni tongda Rossiyaning Vladikavkaz şahridagi Internatsionalnaya va Partizansk tor köçalari burçagida çiqindi konteynerlarini yuklaş paytida portlaş sodir böldi. Oqibatda özbekistonlik mehnat muhojiri halok böldi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Özbekiston fuqarosi hududni tozalaş işlarini olib borayotgan kommunal xizmat xodimi bölgan. Marhumning uning beş farzandning otasi ekani aytilmoqda.
Voqea joyida favqulodda xizmatlar va huquq-tartibot idoralari işlamoqda. Butun çora-tadbirlar majmuasi ötkazilmoqda, voqea tafsilotlari aniqlanmoqda.
Prokuratura tomonidan tekşiruv işlari olib borilmoqda. Sapyorlar çiqindi taşiş maşinasining tarkibini tekşirib, uni poligonga olib ketgan.
Holat ortidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 1-qismi (ehtiyotsizlik oqibatida ölimga sabab böliş) böyiça iş jinoyat işi qözğatilgan.
Dastlabki malumotlarga köra, favqulodda hodisaga çiqindi konteyneridagi portlovçi moddalar sabab bölgan.