Xorazmda elektr tarmoqlarida fojia: ikki farzandning otasi iş jarayonida hayotdan köz yumdi
28-06-2025, 10:51
747 марта
Xorazmda elektr tarmoqlarida fojia: ikki farzandning otasi iş jarayonida hayotdan köz yumdi27-iyun kuni Xorazm viloyati Xiva şahridagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 3-son ustaxonasida oğir baxtsiz hodisa yuz berdi. Elektr montyor işlovçi fuqaro iş vaqtida elektr uzatiş qurilmasida xavfsizlik çoralariga rioya qilinmaganligi sababli kuçlaniş ostida qolib, voqea joyida halok böldi.
Rasmiy malumotlarga köra, 1995-yilda tuğilgan şaxs bölib, 2023-yildan buyon şu sohada faoliyat yuritib kelgan. U ikki farzandning otasi edi. Öşa kuni Xiva TET dispetçeriga mahsulotlarni uzatişda fazada kuçlanişning pasayişi haqida şikoyat kelib tuşgan. Natijada, elektr montyorlar va muhandislar elektr liniyasida muammoni bartaraf etiş uçun iş boşlagan. Ammo işlar töliq öçirilmagan holatda davom etgani aytilmoqda.
Hodisa joyida birinçi yordam körsatilib, jabrlanuvçi markaziy şifoxonaga yetkazilgan bölsa-da, şifokorlar uning hayotini saqlab qola olişmagan.
Mazkur baxtsiz hodisa sabablarini maxsus komissiya örganmoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barça filiallarga bu kabi fojialarning oldini oliş maqsadida xavfsizlik qoidalarini yana bir bor sinçiklab tuşuntiriş va barça ekspluatatsiya, energosavdo va quriliş xodimlari bilan alohida tuşuntiriş işlari ötkazişni buyurdi.
Mutasaddilar xavfsizlik çoralariga rioya qilmaslik nafaqat işlab çiqariş jarayoniga, balki inson hayotiga ham katta tahdid ekanini eslatib, iş joylarida texnika xavfsizligi qoidalariga qatiy amal qiliş zarurligini takidlamoqda.