Tramp Frantsiyada: Makron va Tramp uçraşuvi keskin muhokamalarga sabab böldi
AQŞ Prezidenti Donald Trampning Frantsiyada bölib ötayotgan G7 sammitidagi körinişi uning salomatligi borasidagi muhokamalarni yana kuçaytirdi.
Ilgari qattiq va uzoq davom etadigan qöl siqişlari bilan tanilgan Tramp bu safar Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan ança sokin salomlaşdi.
80 yoşini 14 iyun kuni nişonlagan Tramp 15 iyun kuni Jenevaga yetib kelib, G7 sammiti ötayotgan Evian-le-Ben şahriga yöl oldi. Makron bilan uçraşuv videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi.
Avvalgi Tramp–Makron uçraşuvlari uzoq va kuçli qöl siqişlari bilan esda qolgan edi. Masalan, ularning 2017 yildagi ilk uçraşuvida qöl siqiş deyarli 30 soniya davom etgan, 2018 yilgi G7 sammitida esa Makronning qattiq siqişi Tramp qölida iz qoldirgani aytilgan.
Biroq bu galgi uçraşuvda Tramp avvalgidek keskin harakatlar qilmagan va ança çarçagandek köringani haqida kuzatuvçilar fikr bildirmoqda.
2025 yilda Oq uy Trampda surunkali venoz yetişmovçilik aniqlanganini malum qilgan. Bu kasallik qon tomirlari faoliyati bilan boğliq bölib, köpinça yoşi katta odamlarda uçraydi. Şifokorlar unda çuqur venalar trombozi aniqlanmaganini bildirgan.
Şuningdek, Trampning qöllaridagi kökariş va rang özgarişlari ham bir neça bor muhokamalarga sabab bölgan. Oq uy şifokorlari buni yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oliş uçun qabul qilinadigan aspirin va tez-tez qöl siqiş oqibatidagi mayda şikastlanişlar bilan izohlagan.
Tramp esa “The Wall Street Journal” gazetasiga bergan intervyusida salomatligi “mukammal” ekanini aytgan va qöllaridagi izlar aspirindan paydo bölganini takidlagan.
2026 yil may oyida ötkazilgan tibbiy körik natijalariga köra, Oq uy Trampning yurak, öpka, asab tizimi va umumiy jismoniy holati yaxşi ekanini malum qilgan. U kognitiv testda maksimal – 30 balldan 30 ball olgan.
Tramp G7 sammitida Eron bilan erişilgan kelişuv, global iqtisodiyot, energiya bozorlari, suniy intellekt va migratsiya masalalarini muhokama qilişi kutilmoqda.
Şu bilan birga, uning avval kuç va qatiyat ramzi sifatida körilgan ommaviy obraziga nisbatan bu safar paydo bölgan “çarçoq” taassuroti xalqaro kuzatuvçilar hamda siyosiy tahlilçilar etiboridan çetda qolmagan.
Eslatib ötamiz, Tramp Emmanuel Makron bilan uçraşuv çoğida Eron bilan uruşni töxtatişga qaratilgan dastlabki kelişuv allaqaçon imzolanganini malum qilgandi.