USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Nvidia Markaziy Osiyoda $10 milliardlik “vodiy” quradi

141 марта
Nvidia Марказий Осиёда $10 миллиардлик “водий” қуради

Joriy yilning 15 iyun kuni Qozoğiston AQŞning Firebird startapi va Nvidia korporatsiyasi iştirokida yirik malumotlarni qayta işlaş markazi quriş böyiça kelişuvlarni imzoladi. Bu haqda “Bloomberg” agentligi mamlakat Raqamli rivojlaniş vazirligi malumotlariga tayanib xabar berdi.

Loyiha mamlakat şimoli-şarqida joylaşgan Ekibastuz şahrida “Data-markazlar vodiysi”ni barpo etişni nazarda tutadi. Birinçi bosqiç qiymati 5 milliard dollarga baholangan bölib, uning 1 milliard dollari davlatga qaraşli “Qozoğistontelekom” tomonidan moliyalaştiriladi. Quvvati 125 megavatt bölgan obektni tijoriy işga tuşiriş 2027 yilga rejalaştirilgan.

15 iyun kuni Qozoğiston Boş vaziri Oljas Bektenov Nvidia vitse-prezidenti Rev Lebaredyan hamda Firebird hammuassislari – boş direktor Razmik Ovakimyan va Aleksandr Yesayan bilan uçraşuv ötkazgan. Uçraşuvda, şuningdek, Boş vazir örinbosari va suniy intellekt hamda raqamli rivojlaniş vaziri Jaslan Madiyev, “Qozoğtelekom” boşqaruvi raisi Bağdod Musin hamda AQŞning Qozoğistondagi elçisi Juli Stafft iştirok etgan.

Tomonlar milliy suniy intellekt infratuzilmasini rivojlantiriş, yuqori unumli hisoblaş quvvatlarini yaratiş, zamonaviy data-markazlarni joylaştiriş va xalqaro texnologik hamkorlarni jalb qiliş masalalarini muhokama qilgan.

Oljas Bektenov suniy intellekt va raqamli infratuzilmani rivojlantiriş Qozoğistonning asosiy ustuvor yönalişlaridan biri ekanini takidlagan.

“Hozirda amalga oşirilayotgan muhim raqamli loyihalardan biri – Ekibastuz şahridagi “Data-markazlar vodiysi”dir. Bizning maqsadimiz global raqamli infratuzilmani joylaştiriş uçun maydon yaratişdan iborat. Firebird va Nvidia bilan erişilgan kelişuvlarni yuqori baholaymiz”, degan u.

Uçraşuvda loyihaning asosiy afzalliklari sifatida katta yer maydoni zaxirasi, investorlar uçun imtiyozlar va elektr energiyasining raqobatbardoş narxlari qayd etilgan. Şuningdek, loyihaning kengaytiriş imkoniyati yuqori ekani takidlangan. Ayni paytda mavjud 300 megavatt quvvatni bosqiçma-bosqiç 1 gigavattgaça oşiriş rejalaştirilgan.

Firebird boş direktori Razmik Ovakimyan Qozoğiston raqamli infratuzilmani rivojlantiriş uçun katta salohiyatga ega ekanini takidlagan.

“Loyihaning 2027 yilda işga tuşirilişi Qozoğistonni dunyodagi yetakçi ön davlat qatoriga olib çiqadi. Bizda kuçli jamoa va ulkan imkoniyatlar bor. Qozoğiston hukumati, Nvidia va AQŞdagi hamkorlarimiz bilan mamlakatning maqsadlarini röyobga çiqariş uçun hamkorlik qilayotganimizdan mamnunmiz” degan Ovakimyan.

Qozoğistonning suniy intellekt va raqamli rivojlaniş vaziri Jaslan Madiyevning malum qilişiça, loyiha doirasida mamlakatda 100 mingta zamonaviy GPU çiplari asosida yirik hisoblaş klasteri taşkil etiladi. Ular orasida NVIDIA GB300 va Vera Rubin avlodidagi çiplar ham böladi.

Uning sözlariga köra, 10 milliard dollarlik investitsiya har yili kamida 3 milliard dollar eksport tuşumini taminlaydi, yangi iş örinlari yaratadi, yirik texnologik kompaniyalarni jalb qiladi hamda Qozoğistonning Yevroosiyodagi muhim raqamli xab sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi.

Uçraşuv yakunida suniy intellekt va raqamli infratuzilma sohasida umumiy qiymati 10 milliard dollarlik hamkorlik kelişuvlari imzolangan. Jumladan, Qozoğistonning Suniy intellekt va raqamli rivojlaniş vazirligi hamda Firebird örtasida strategik hamkorlik töğrisidagi kelişuv, şuningdek, “KT-Telekom” va Firebird örtasida “Data-markazlar vodiysi”ni rivojlantiriş böyiça asosiy şartlarni belgilaydigan bitim tuzilgan.

Malumot uçun, Firebird suniy intellekt infratuzilmasi, data-markazlar va yuqori unumli hisoblaş tizimlarini yaratişga ixtisoslaşgan AQŞ kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya dunyoning turli mintaqalarida loyihalarni amalga oşirib, Nvidia kabi yetakçi texnologik hamkorlar bilan işlaydi.

“Qozoğtelekom” rahbari Bağdod Musinning malum qilişiça, “Data-markazlar vodiysi”ning qurilişi töliq Qozoğiston tomonidan taminlanadi. Firebird esa qimmat server uskunalarini yetkazib beriş va yirik xalqaro IT-kompaniyalarni jalb qiliş majburiyatini oladi.

Malum qilinişiça, loyiha ikki bosqiçda amalga oşiriladi. Birinçi bosqiçda 109 megavatt, ikkinçi bosqiçda esa 136 megavatt energiyadan foydalaniş rejalaştirilgan. Yaratiladigan IT-infratuzilma maydoni bir neçta yirik stadionlar hajmiga teng böladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston Markaziy Osiyoda ilk bor uçar taksini sinovdan ötkazgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: