“Bu yerda xöjayin menman”. Tramp G7 sammitiga keçikib bordi
Bugun, 17 iyun kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp “Katta yettilik” (G7) sammitining rivojlaniş masalalariga bağişlangan sessiyalaridan biriga keçikib yetib bordi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Xonaga kirar ekan, Tramp hazil aralaş “Bu yerda xöjayin menman” (I'm the boss), deb aytgan. Bu vaqtda AQŞ Moliya vaziri Skott Bessent Prezident uçun ajratilgan joyni band qilib turgan. Tramp agar xohlasa, unga majlisda qolişni taklif qilgan.
Sammit iştirokçilari AQŞ Prezidentining kutayotgan bir paytda, u özining ijtimoiy tarmoğida AQŞ Milliy razvedkasi direktori nomzodining Senatda tasdiqlanişi atrofidagi vaziyatga bağişlangan post qoldirişga ulgurgan.
Malumot uçun, “Katta yettilik” (G7) öz tarkibiga AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Italiya, Kanada va Yaponiyani birlaştiradi. Uşbu format 1975 yilda global iqtisodiy va siyosiy masalalarni muhokama qiliş maydonçasi sifatida taşkil etilgan. Yettita davlatdan taşqari, birlaşma işida Yevropa Ittifoqi ham iştirok etadi. Rossiya uşbu guruhga 1997 yilda qöşilgan, şundan söng u “Katta sakkizlik” (G8) deb atala boşlagan. 2014 yilda birlaşma doirasida Rossiya bilan hamkorlik töxtatilgan va format yana G7 ga qaytgan.
Bu yil sammit Frantsiyaning Evian-le-Ben şahrida 15–17 iyun kunlari bölib ötmoqda. Tramp tadbirga u boşlangan birinçi kuniyoq uçib kelgan. Taşkilotga azo davlatlar rahbarlaridan taşqari, Frantsiya Prezidenti Emmanyuel Makrondan Zelenskiy, şuningdek, Misr, Saudiya Arabistoni, Qatar va BAA rahbarlari ham taklifnoma olgan. Siyosatçilar uçraşuvining asosiy mavzularidan biri Ukraina masalasini hal qiliş böyiça umumiy yondaşuvni işlab çiqiş bölgan.
Bir kun avval sammit doirasida BAA Prezidenti Muhammad bin Zaid Ol Nahayyon bilan bölib ötgan uçraşuvda Tramp xomaşyo narxi pasaygani sababli AQŞ tez orada Rossiya neftiga nisbatan sanktsiyalardagi yengilliklarni bekor qilişi mumkinligini malum qilgan. Bundan taşqari, sessiyalardan birida G7 davlatlari rahbarlari Ukrainaga qurol yetkazib berişni köpaytirişga kelişib olgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp G7 sammiti doirasida sözlagan nutqida Isroilning Livandagi harbiy amaliyotlarini tanqid qilib, “Hizbulloh” jangçilarini yöq qiliş uçun turarjoy binolarini bombardimon qiliş ortiqça ekanini bildirgani haqida xabar berilgan edi.