Ukraina Moskvaga yirik dronlar hujumi uyuştirdi
Bugun, 18 iyunga ötar keçasi Moskva va Moskva viloyati yana uçuvçisiz uçiş apparatlari bilan ommaviy hujumga uçradi. Bu haqda “Incidentia” xabar berdi.
Rossiya tomonining malum qilişiça, havo hujumidan mudofaa tizimlari poytaxtga yaqinlaşgan 30 dan ortiq dronni urib tuşirgan.
Qayd etilişiça, asosiy zarba 16 iyun kuni Moskva neftni qayta işlaş zavodiga berilgan. Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan amalga oşirilgan operatsiyada FP-1, “Lyutiy” va boşqa turdagi dronlar qöllangani aytilmoqda.
Xabarga köra, dronlar zavoddagi neftni birlamçi qayta işlaş qurilmasini nişonga olgan. “Reuters” agentligi keltirgan malumotlarga köra, şikastlangan majmua korxona quvvatining qariyb 53 foizini taminlab kelgan. Şu sababli zavod faoliyati vaqtinça töxtatilgani bildirilmoqda.
Moskva şahri meri Sergey Sobyanin hujum faktini tasdiqlab, dronlardan biri neftni qayta işlaş zavodi hududidagi obektga şikast yetkazganini malum qilgan. Uning aytişiça, hodisa oqibatida jabrlanganlar yöq.
18 iyun kunigi yangi hujum davomida urib tuşirilgan dronlardan birining bölaklari Moskvadagi “Sadovod” savdo markazi hududiga tuşgan va binoga yengil zarar yetkazgan. Bu safar Kapotnya tumanidagi neft zavodiga töğridan-töğri yangi zarba berilgani haqida malumot keltirilmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina G7 sammiti arafasida Moskva va Moskva viloyatiga dronlar bilan ommaviy hujum uyuştirgani haqida xabar berilgandi.