AQŞ Eronga qarşi dengiz blokadasini bekor qildi
AQŞ Eronga qarşi joriy etilgan dengiz blokadasini bekor qildi va mamlakat portlariga olib boradigan barça dengiz yöllarini kemalar harakati uçun qayta oçdi. Bu haqda AQŞ Qurolli kuçlari Markaziy qömondonligi xabar berdi.
Qömondonlikning malum qilişiça, qaror Prezident Donald Tramp topşiriğiga köra qabul qilingan. Endi Amerika harbiy kuçlari Eron portlariga kirayotgan yoki ulardan çiqayotgan kemalar harakatiga tösqinlik qilmaydi.
“Bugun AQŞ kuçlari Eron portlariga kiruvçi va çiquvçi barça dengiz harakatiga nisbatan blokadani bekor qildi. Kemalarning Eron portlariga borişi yoki ulardan qaytişiga heç qanday çeklov qöyilmaydi. Blokadani taminlaş böyiça barça çoralar töxtatildi”, deyiladi bayonotda.
Şu bilan birga, AQŞ harbiy-dengiz kuçlari mintaqada qoladi. Qömondonlikka köra, harbiy kemalar erişilgan kelişuv şartlariga rioya etilişini nazorat qilişda davom etadi.
Avvalroq, AQŞ va Eron örtasida özaro anglaşuv memorandumi elektron şaklda imzolangani xabar qilingan edi. Şu munosabat bilan 19 iyun kuni Jenevada ötkazilişi rejalaştirilgan rasmiy imzolaş marosimi bekor qilingan. Keyinroq AQŞ tomoni Eron bilan erişilgan memorandumning rasmiy matnini ham elon qilgan.
Eslatib ötamiz, oldinroq CNN naşri AQŞ va Eron örtasida tuzilgani aytilgan, “Islomobod memorandumi” deb nomlangan 14 banddan iborat özaro anglaşuv memorandumining töliq matnini elon qilgandi.