Eronga aloqador 30 dan ortiq kema AQŞ blokadasini yorib ötdi
22-04-2026, 19:01
128 марта

Eronga aloqador 30 dan ortiq kema AQŞ blokadasini yorib ötdi
Kamida 34 ta Eronga aloqador tanker Arab dengizi çegarasida kemalar harakatini tösib turgan AQŞ harbiy kemalari yonidan suzib ötişga muvaffaq böldi. Bu haqda dengiz trafigini kuzatuvçi Vortexa malumotlariga tayanib, “Financial Times” naşri xabar berdi.Qayd etilişiça, ular orasida Eronning qiymati qariyb 1 milliard dollarlik neftini olib çiqib ketgan bir neçta tankerlar ham bor. Blokadani ikki tomonlama yorib ötgan tankerlar soni, AQŞ Harbiy-dengiz kuçlari tomonidan kuç işlatiş tahdidi ostida ortga qaytarilgan kemalar sonidan köproqni taşkil etmoqda. Markaziy qömondonlik keça, 21 aprel kuni bergan xabariga köra, blokada boşlanganidan beri Eron portlarini tark etmoqçi bölgan 28 ta kemadan ortga qaytiş talab qilingan.
Donald Tramp CNBC telekanaliga bergan intervyusida AQŞ blokadasini “ulkan muvaffaqiyat” deb atagan. U Vaşington Tehron bilan “yakuniy kelişuv”ga erişmagunça blokada bekor qilinmasligiga vada bergan.
AQŞ Harbiy-dengiz kuçlari tomonidan taşkil etilgan blokada
Eron portlaridan kemalar çiqişi va ularga kirişiga taqiq joriy yilning 13 aprel kuni joriy etilgan edi. 16 aprel kuni esa AQŞ oçiq dengizda ham Eronning “soyadagi floti” tankerlarini, şuningdek, hozirgi harbiy nizoda Eron foydalanişi mumkin bölgan yuklarni taşuvçi kemalarni taqib qilişini elon qildi. Şundan söng Ummon qöltiğida bitta konteyner taşuvçi kema töxtatildi, Hind-Tinç okeani mintaqasida esa amerikaliklar sanktsiya ostidagi tankerni bortga çiqiş yöli bilan egallab oldi.
“Vortexa” malumotlariga köra, kamida 19 ta Eronga aloqador tanker Fors költiğini tark etib, Hormuz böğozi va Ummon körfazidan ötgan, yana kamida 15 tasi Arab dengizidan Eron tomon yöl olib, Fors körfaziga kirgan. Körfazini tark etgan kemalarning kamida oltitasi 10,7 mln barrel Eron neftini olib ketayotgani tasdiqlangan.
Eron nefti Brent etalon navidan arzonroq sotiladi. Agar çegirma 10 dollar deb hisoblansa, uşbu hajm eronliklarga taxminan 910 mln dollar daromad keltirişi kerak.
Öz navbatida, Eron bugun, 22 aprel kuni Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) harbiy-dengiz kuçlari ikkita savdo kemasini – MSC Francesca va Epaminondasni qölga olib, öz hududiy suvlariga kuzatib qöyganini malum qildi. Eron ham kemalar harakatini tösib qöymoqda, biroq bu işni özi nazorat qiladigan Hormuz böğozi orqali amalga oşirmoqda. Bugun, 22 aprel kuni ertalab Buyuk Britaniya dengiz idoralari böğozda ikkita kema hujumga uçraganini xabar qildi, biroq bayonotda ularning qölga olingani haqida aytilmagan.
Gretsiya Dengiz işlari vazirligi esa Gretsiya kompaniyasiga tegişli bölgan Epaminondas kemasi IIQK tomonidan qölga olingani haqidagi malumotni rad etdi.