AQŞ harbiylari Eron portiga yöl olgan tankerga zarba berdi
3-06-2026, 09:36
97 марта

AQŞ harbiylari Eron portiga yöl olgan tankerga zarba berdi
AQŞ harbiylari Eronning neft portiga yöl olgan neft tankerini Hellfire raketasi bilan urib, harakatsiz holatga keltirganini malum qildi. Bu haqda AQŞ Markaziy qömondonligi X ijtimoiy tarmoğida xabar berdi.Malum qilinişiça, 2 iyun kuni AQŞ harbiylari Fors körfazidagi Eron portiga yöl olgan böş neft tankerini töxtatgan.
AQŞ tomoni “blokada çoralari” Botsvana bayroği ostida suzayotgan M/T Lexi tankeriga nisbatan qöllanganini bildirgan. Kema xalqaro suvlarda Xark oroli tomon harakatlanayotgan bölgan.
AQŞ Markaziy qömondonligi bayonotiga köra, tanker ekipaji AQŞ harbiylarining bir neça bor berilgan ogohlantirişlarini etiborsiz qoldirgan va 24 soat davomida körsatmalarga böysunmagan.
“Oqibatda AQŞ harbiy samolyoti tankerning maşina bölimiga Hellfire raketasini uçirdi. Natijada kema harakatsiz holatga keltirildi va Eron hududiga yetib bora olmadi”, deyiladi bayonotda.AQŞ Markaziy qömondonligining takidlaşiça, 13 apreldan buyon Eron portlariga kiruvçi va ulardan çiquvçi barça dengiz qatnovlariga nisbatan blokada joriy etilgan.
AQŞ harbiylari malumotiga köra, Eron bilan sulh davom etayotgan vaqtda oltita tijoriy kema harakatsizlantirilgan, 122 ta kema esa boşqa yönalişga burilgan.
Avvalroq ommaviy axborot vositalari AQŞ Qurolli kuçlari sönggi haftalarda önlab savdo kemalarining Hormuz böğozi orqali ötişini muvofiqlaştirişga yordam berganini xabar qilgan edi. Biroq Eron harakatlari sabab uşbu dengiz yöli hanuz xavfli bölib qolmoqda.
AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vens 28 may kuni AQŞ va Eron özaro anglaşuv memorandumi böyiça kelişuvga erişişga juda yaqin ekanini bildirgan. Biroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp hujjatni hali tasdiqlamagan.