Isroil qöşinlari Livanni tark etmaydi – Netanyaxu
Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil Mudofaa kuçlari Janubiy Livandan olib çiqilmasligini malum qildi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.
“Biz şimoldagi şaharlarda xavfsizlik va farovonlikni tiklaymiz. Buning uçun Janubiy Livandagi xavfsizlik zonasini saqlab qolişimiz kerak. Isroil xavfsizligi talab qilinayotgan ekan, biz u yerni tark etmaymiz”, dedi Netanyaxu.
Keça, 18 iyun kuni Vaşington va Tehron örtasida imzolangan memorandumda Livandagi barça harbiy harakatlarni töxtatiş közda tutilgan. Biroq Isroil uşbu hujjatning iştirokçisi emas.
Netanyaxuga yaqin bölgan yuqori martabali Isroil rasmiysiga köra, Isroil AQŞ bilan Janubiy Livandagi harbiy kontingentni saqlab qoliş masalasida qatiy muzokaralar olib bormoqda. Şuningdek, Isroil Mudofaa kuçlari Livandagi xavfsizlik zonasining yangilangan xaritasini elon qilib, hozirça uşbu hududdan çiqib ketmasligini bildirgan.