Kuçaytirilgan bosim: YeI ilk bor Rossiyaga qarşi sanktsiyalarni bir yilga uzaytirdi
Keça, 18 iyun kuni Yevropa Ittifoqi yetakçilari Bryusselda bölib ötgan sammitda Rossiyaga qarşi sektorli sanktsiyalarni avvalgi kabi 6 oy emas, balki bir yil muddatga uzaytirişga kelişib oldi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.
Naşrning yozişiça, qabul qilingan qarorga köra, YeI tarixida birinçi marta Rossiyaga qarşi sektorli sanktsiyalar 12 oylik muddatga uzaytirilmoqda. Şu vaqtgaça mazkur çeklovlar har olti oyda qayta körib çiqilar edi.
“Euronews” naşriga köra, sanktsiyalarni bir yilga uzaytiriş Ukraina uçun köproq barqarorlik va aniqlikni taminlaş maqsadida qabul qilingan. Şu bilan birga, alohida şaxslarga nisbatan joriy etilgan sanktsiyalar har olti oyda qayta körib çiqilaveradi.
Avvalroq, Yevropa komissiyasi Rossiyaga qarşi 21-sanktsiyalar paketini tayyorlayotganini malum qilgan edi. Yangi çeklovlar Rossiya banklari, harbiy-sanoat majmuasi hamda harbiy xizmatçilariga taalluqli böladi. Şuningdek, YeIning sanktsiyalar röyxatiga kiritilgan 632 ta kemaga qöşimça ravişda yana 30 ta kema qöşilişi rejalaştirilgan.
Aprel oyida YeI Rossiyaga qarşi 20-sanktsiyalar paketini tasdiqlagan bölib, undan jismoniy va yuridik şaxslar, şuningdek neft-gaz hamda mudofaa sohasidagi qator korxonalar örin olgan edi.
Iyun oyi örtasida esa Yevropa Ittifoqi Rossiyaning yana 81 nafar figurantiga — 34 kişi va 47 taşkilotga nisbatan sanktsiyalar joriy qildi. Yevropa Ittifoqining taşqi siyosat böyiça oliy vakili Kaya Kallas uşbu çeklovlarni asosiy 21-paket oldidan qabul qilingan oraliq «mini-paket» deb atagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiya—Ukraina uruşi böyiça ehtimoliy muzokaralarga zamin yaratiş maqsadida Kreml bilan norasmiy aloqalar örnatgani haqida xabar berilgan edi.