USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya va Ukraina harbiylarning jasadlarini almaşdi

38 марта
Россия ва Украина ҳарбийларнинг жасадларини алмашди

Rossiya va Ukraina uruşda halok bölgan 550 dan ortiq askarlarning jasadlarini almaşdi. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.

Rossiyaning hukmron Yagona Rossiya partiyasidan bölgan Davlat dumasi deputati Şamsail Saraliyevning aytişiça, Ukraina 522 nafar öz askarlari jasadini qabul qilgan, Rossiyaga esa 33 nafar harbiy xizmatçi jasadi qaytarilgan. Keyinçalik Ukraina uşbu almaşinuvni tasdiqlagan.

“Halok bölgan harbiy xizmatçilar jasadlarini qaytariş hamda harbiy asirlar almaşinuvi 2022 yildan buyon Rossiya va Ukraina örtasidagi juda kam sonli gumanitar hamkorlik yönalişlaridan biri bölib qolmoqda”, deyiladi xabarda.

Malumot uçun, joriy yildagi ilk almaşinuv yanvar oyida bölib ötgan. Öşanda Ukraina tomoniga halok bölgan 1 ming nafar harbiyning jasadi, Rossiya tomoniga esa 38 ta jasad topşirildi. Şuningdek, may oyida Ukraina 528 ta, Rossiya esa 41 ta jasadni qabul qilib oldi. Bu kabi almaşinuvlar 2025 yilda ham sodir bölgan edi. Ular böyiça kelişuvga Rossiya va Belarus tomonlari Istanbuldagi muzokaralarda erişgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina tomoniga 1000 nafar, Rossiya tomoniga esa 41 nafar halok bölgan harbiylarning jasadlari topşirilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: