USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“193 ga 193”: Rossiya va Ukraina asir almaşdi

60 марта

“193 ga 193”: Rossiya va Ukraina asir almaşdi

Keça, 24 aprel kuni Rossiya va Ukraina bir oy içida ikkinçi bor asirlar almaşinuvini amalga oşirdi. Natijada Rossiya tomoni 193 nafar harbiy xizmatçini qaytardi, şunça miqdordagi asir Ukraina tomoniga topşirildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, ssirlarni qaytarişda BAA va AQŞ kömak körsatgan. Hozirda rossiyalik harbiylar Belarus hududida bölib, ularga psixologik va tibbiy yordam körsatilmoqda. Keyinroq ularning barçasi davolaniş va reabilitatsiya uçun Rossiyaga yetkaziladi.
Almaşinuv bölib ötgani haqida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham malum qilgan. Uning sözlariga köra, Ukraina tomoniga Ukraina Qurolli kuçlari harbiylari, Milliy gvardiya va Milliy politsiya jangçilari, şuningdek, çegaraçilar topşirilgan.

Eslatib ötamiz, bundan oldingi almaşinuv ikki hafta avval, Pasxa bayrami arafasida bölib ötgan edi. Öşanda jarayon “175 ga 175” formati böyiça ötkazilgan. Harbiylardan taşqari, tomonlar bir-biriga yetti nafardan tinç aholi vakillarini ham topşirgan. Öşanda Kursk viloyati fuqarolarining oxirgi guruhi – barçasi Sudja tumanidan bölgan beş ayol va ikki erkak Rossiyaga qaytgan.

Asirlar qaytarilişidan ikki kun avval Rossiya va Ukraina halok bölgan harbiylarning jasadlari bilan ham almaşgan edi. Davlat dumasi deputati Şamsail Saraliyevning RBKga malum qilişiça, Ukraina tomoniga 1000 nafar, Rossiya tomoniga esa 41 nafar halok bölgan harbiyning jasadi topşirilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: