USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya va Ukraina asirlar almaşinuvining yangi bosqiçini boşladi

306 марта

Rossiya va Ukraina asirlar almaşinuvining yangi bosqiçini boşladi

Bugun, 9 iyun kuni Rossiya va Ukraina 25 yoşgaça bölgan harbiy askarlarni almaştirdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi. 
Ukraina nazorati ostidagi hududdan 25 yoşgaça bölgan rossiyalik harbiy asirlarning birinçi guruhi qaytarib olingan. Bu almaşinuv Istanbuldagi kelişuvlar doirasida amalga oşirilgan.

“25 yoşgaça bölgan Rossiya harbiy xizmatçilarining birinçi guruhi qaytarildi. Ular evaziga Ukraina Qurolli kuçlarining ayni yoşdagi harbiy asirlari topşirildi”, deyiladi xabarda. 

Ayni paytda Rossiyaga qaytgan askarlar Belarus hududida, u yerda ularga zarur psixologik va tibbiy yordam körsatilmoqda. 
Keyinçalik ular Rossiyadagi harbiy şifoxonalarga davolaniş va reabilitatsiyadan ötiş uçun yuboriladi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham özining Telegram-kanalida ukrainalik bir guruh askarlar mamlakatga qaytarilganini yozgan, ammo Prezident ham Rossiya Mudofaa vazirligi ham qaytarilganlar sonini oçiqlamagan. 

“Ukrainaliklar Rossiya asirligidan vatanga qaytmoqda. Bugun almaşinuv jarayoni boşlandi va u yaqin kunlarda bir neça bosqiçda davom etadi. Hozir qaytarilayotganlar orasida – oğir yaradorlar, şuningdek, 25 yoşgaça bölgan harbiylar bor. Bu juda murakkab jarayon, köplab nozik jihatlari bor, muzokaralar deyarli har kuni olib borilmoqda”, deya yozgan Zelenskiy. 

Istanbulda ötgan muzokaralarda tomonlar “har bir asirni uyiga qaytariş” tamoyili asosida kelişuvga erişgandi. Bu bosqiçda, xususan, oğir kasal va yaradorlar, şuningdek 25 yoşdan kiçik harbiy xizmatçilar almaşilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: