Tojikistonda 20 daqiqalik majburiy badantarbiya joriy etildi
Endi Tojikistonda barça iş beruvçilar xodimlar uçun har kuni davomiyligi 15-20 daqiqadan kam bölmagan jismoniy maşqlarni taşkil etişi şart. Bu haqda tegişli özgartirişlar kiritilgan Tojikiston Respublikasi Soğliqni saqlaş kodeksida söz boradi.
Adliya vaziri Muzaffar Aşuriyonning tuşuntirişiça, uşbu yangilik mamlakat Prezidentining 2026 yil 14 fevraldagi farmoni asosida işlab çiqilgan bölib, aholi örtasida semiriş va qandli diabet kasalliklarining oldini oliş hamda salomatlikni mustahkamlaşga qaratilgan. Uning sözlariga köra, uşbu talab mulkçilik şaklidan qati nazar, barça taşkilotlarga taalluqli.
“Iş beruvçilar va mansabdor şaxslar zimmasiga kuniga kamida 20 daqiqa davomida muntazam jismoniy maşqlar ötkaziş majburiyati yuklatildi”, deydi vazir.
Bundan taşqari, taşkilot rahbarlari sport bilan şuğullaniş uçun şaroit yaratişi va jismoniy faollikda özlari ham iştirok etişlari kerak. Ilgari ertalabki badantarbiya maşğulotlari ayrim davlat va xususiy muassasalarda ixtiyoriy ravişda ötkazib kelinar edi. Keyinçalik esa mamlakatda barça davlat idoralari, muassasalari va taşkilotlari xodimlari şanba kunlari ertalabki badantarbiyada qatnaşişga majbur qilingan. Unda istisnosiz barça davlat xizmatçilari iştirok etişi şart edi.
Idoralar şanbalik badantarbiyani qaysi vaqtda ötkazişi böyiça jadval tuzilgan, şuningdek, har bir idora jismoniy tarbiya bilan şuğullanişi kerak bölgan joylar belgilab berilgan. Badantarbiya maşğulotlari ertalab soat yettida boşlanib, taxminan yarim soat davom etardi.