USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

BAAda bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş taqiqlandi

61 марта
БААда болаларга ижтимоий тармоқлардан фойдаланиш тақиқланди

BAA hukumati bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini tartibga soluvçi qaror qabul qildi. Unga köra, bolalarning 15 yoşga tölgunga qadar ulardan foydalanişi taqiqlanadi. Şu tariqa BAA bunday çeklovlarni joriy etgan birinçi arab mamlakati böldi. Bu haqda “Gulf news” xabar berdi.

Qayd etilişiça, 15 yoşga tölmagan bolalarga ijtimoiy tarmoq platformalarida şaxsiy akkauntlar oçiş yoki ulardan foydalaniş, şuningdek, uşbu platformalarning barça funktsiyalaridan foydalaniş, jumladan, postlar joylaştiriş, komment yoziş, malumot almaşiş va ommaviy guruhlarga azo böliş taqiqlanadi.

“Bu qadam BAAning global raqamli özgarişlar bilan hamqadam böluvçi hamda bolalar xavfsizligini özining ustuvor yönalişlaridan biri deb biluvçi ilğor qonunçilik modellarini işlab çiqişga bölgan intilişini aks ettiradi”, deyiladi hukumat bayonotida.

Qarorda aytilişiça, 15 yoşdan 16 yoşgaça bölgan bolalarga kontentning yoş tasnifi, muloqotni çeklaş, foydalaniş vaqtini tartibga soliş va ota-ona nazorati hisobga olingan holda platformalardan tartibga solinadigan va xavfsiz tarzda foydalaniş imkoniyati taminlanişi kerak.

Platformalar zimmasiga yoşni tekşirişning “aniq va işonçli” mexanizmlarini joriy etiş, şuningdek, talablarga javob bermaydigan akkauntlarni kuzatib boriş va “darhol çora köriş” majburiyati yuklangan.

Bu qoidalar BAAdagi foydalanuvçilar uçun oçiq bölgan barça platformalarga tegişli. Ijtimoiy tarmoqlarga uşbu talablarni bajariş uçun 12 oy vaqt berilgan. Bu muddat davomida ular tegişli davlat organlari bilan kelişilgan holda yangi standartlarni joriy etişlari kerak böladi.

Eslatib ötamiz, bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni töliq taqiqlaş tizimini (16 yoşdan kiçiklar uçun) ilk bor 2025 yilning dekabrida Avstraliya joriy etgan edi. Xuddi şunday çoralar hozirda bir qator Yevropa mamlakatlarida, jumladan, Frantsiya, Ispaniya va Daniyada ham körib çiqilmoqda. Kanada va Turkiya ham ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni çeklaşni rejalaştirmoqda. 15 iyun kuni esa Buyuk Britaniya 16 yoşdan kiçik bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni töliq taqiqlaşini elon qildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: