Germaniyada dafn qilişning yangi turi qonuniylaştirildi
Germaniyaning Şlezvig-Golşteyn federal yeri parlamenti qonunçilikka “Reerdigung” deb nomlangan dafn etişning yangi usulini kiritdi. Bu haqda DPA xabar berdi.
“Tobutda ananaviy dafn etiş va kulini közada kömiş bilan amalga oşiriladigan krematsiya (kuydiriş) qatorida, kelajakda maxsus konteynerda “tezlaştirilgan parçalaniş”, söngra inson qoldiqlarini tuproqqa topşiriş usuli paydo böladi”, deydi yalpi majlisda Adliya vaziri Kerstin fon der Dekken.
Şu tariqa, Şlezvig-Golşteyn Germaniyada dafn etişning uşbu yangi şaklini qonunan mustahkamlagan birinçi hudud bölgan.
Bunday dafn qiliş usulida vafot etgan şaxsning jasadi piçan, somon va ösimliklar bilan töldirilgan yopiq konteyner içiga joylaştiriladi. Konteyner yopilgaç, tana va ösimlik aralaşmasi tarkibidagi mikroorganizmlar konteyner içidagi haroratni kötaradi, natijada organik moddalar 30–50 kun içida çirindiga (gumusga) aylanadi. Suyak va tişlar parçalanmaydi, şu sababli keyinçalik ular maydalanib, hosil bölgan gumusga aralaştiriladi. Söng uşbu aralaşma tabiiy matoga öralib, qabrga qöyiladi.
Dafn etişning uşbu yangi turi Leyptsig universiteti Sud tibbiyoti institutining ilmiy kuzatuvi ostida qariyb ikki yil davomida sinovdan ötkazilgan. Adliya vazirining sözlariga köra, bu usul bilan 76 ta dafn marosimi ötkazilgan. Tadqiqot hisobotlari va natijalari uşbu metodning xavfsiz ekanligini tasdiqlagan.
Germaniyadagi protestant va katolik çerkovlari dafn etişning uşbu yangi usulini “sönggi yölga kuzatişning munosib va masuliyatli şakli” deb hisoblamoqda.
AQŞning bir qator ştatlarida ham bu metodga ruxsat berilgan bölib, u yerda “tabiiy organik reduktsiya” yoki inson tanasini kompostlaş deb ataladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq joriy yil aprel oyining oxirida Qozoğiston va Markaziy Osiyodagi birinçi krematoriy iş boşlagani, biroq krematsiya uçun ariza topşiriş jarayoni haligaça tartibga solinmagani haqida xabar berilgan edi.