Dominikanda kurort hududi yonib kulga aylandi
Dominikan Respublikasida keça, 19 iyun kuni sodir bölgan yonğin oqibatida “Viva Dominicus Beaç by Wyndham” kurorti töliq yonib ketdi va taxminan 1700 nafar sayyoh evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Mahalliy hokimiyat vakillarining bildirişiça, yonğin mamlakatning Karib dengizi sohilida joylaşgan şarqiy turistik şaharçadagi mehmonxonada sodir bölgan.
Malum qilinişiça, yonğin oqibatida bir italiyalik sayyoh halok bölgan, yana bir neçta turistlar tibbiy yordamga muhtoj bölgan.
“Viva Dominicus Beaç by Wyndham” kurorti Bayyahibe hududida joylaşgan bölib, u AQŞ va boşqa davlatlardan keladigan sayyohlar orasida maşhur dam oliş maskani hisoblanadi.
Rasmiylar malumotiga köra, taxminan 1690 nafar mehmon yonğin sababli boşqa mehmonxonalar va yaqin hududlardagi joylarga evakuatsiya qilingan.
Favqulodda vaziyatlar markazi yonğin juda tez tarqalganini, bunga şamol va kurort tomining qamiş (somon) materialdan qilingan qismi sabab bölganini malum qilgan.
Eslatib ötamiz, 3 iyun kuni ertalab Hindiston poytaxti Nyu-Dehlining janubida joylaşgan mehmonxonada yonğin sodir bölgandi. Yonğin oqibatida kamida 13 nafar xorijlik fuqaro halok böldi. Ular orasida 1 nafar Özbekiston fuqarosi ham bor.