Kosta-Rika Prezidenti portlaşdan söng evakuatsiya qilindi
Kosta-Rika Prezidenti Laura Fernandes mamlakatning Krusitas-de-Kutris hududiga taşrifi çoğida portlaşga öxşaş kuçli ovoz eşitilganidan keyin xavfsiz joyga evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Democrata” naşri xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa keça, 19 iyun kuni Krusitas-de-Kutrisda sodir bölgan. Mazkur hudud noqonuniy oltin qazib oliş faoliyati bilan tanilgan. Malumotlarga köra, kuçli ovoz eşitilişi bilanoq çegara politsiyasi, jamoat xavfsizligi kuçlari, Maxsus aralaşuv bölinmasi (UEI) hamda prezident xavfsizlik xizmati xodimlari favqulodda muhofaza protokolini işga tuşirgan.
Mahalliy OAVlar tarqatgan kadrlarda Prezident qurollangan qöriqçilar qurşovida tezkorlik bilan xizmat avtomobiliga ötqazilib, hududdan olib çiqib ketilgani aks etgan. Hodisadan söng, Laura Fernandes vaziyatni kinofilmlardagi sahnalarga öxşatgan.
“Özimni xuddi filmdagidek his qildim. Qöriqçilar meni tezda yerga yotqizib, himoya qilişdi. Qanday ahvolga tuşganimni söramang, ammo xavfsizligim va deputatlar xavfsizligi uçun qayğurganlaridan minnatdorman”, degan u jurnalistlarga.
Prezidentning aytişiça, voqeadan keyin tört nafar kişi qon bosimining pasayişi yoki issiq urişi alomatlari bilan tibbiy yordam olgan.
“Mening ahvolim yaxşi. Protokol talabiga köra tibbiy körikdan ötdim, ammo özimni juda yaxşi his qilyapman. Iltimos, xavotir olmang”, degan Fernandes.
Hozirça hukumat voqeaning aniq sabablari haqida rasmiy malumot bermagan. Şu bilan birga, ehtimoliy gumondorlarni qidiriş uçun hududga maxsus bölinmalar jalb qilingan.
Şu kuni San-Karlos şahrida prezidentga nisbatan ölim tahdidlarini bildirgan şaxs ham hibsga olingan. Huquq-tartibot idoralari gumondorni David Ordones deb aniqlagan. Tergov malumotlariga köra, u ijtimoiy tarmoqlarda Prezident Laura Fernandesga qarşi hujum qilişga çaqiruvçi xabarlar qoldirgan.
Ayni paytda uning Prezident evakuatsiya qilinişiga sabab bölgan gumonli portlaş bilan boğliq yoki boğliqmasligi malum emas.
Sud tergov agentligining malum qilişiça, Kosta-Rika Milliy xavfsizlik va razvedka boşqarmasi (DIS) hamda Jamoat xavfsizligi vazirligi (MSP) prezident yoki hukumatga qarşi harakatlar sodir etilişi mumkinligi haqida oldindan malumot olgan.
Agentlik bayonotiga köra, bu haqdagi malumotlar bir kun avval kelib tuşgan va tegişli tekşiruv işlari amalga oşirilgan. Olingan barça malumotlar xavfsizlik idoralariga yetkazilgan. Bildirilişiça, hozirça voqea yuzasidan tergov davom etmoqda va iş oçiq qolmoqda.