Ozarbayjon sudi Rossiya fuqarolarini qamoqqa oldi
Ozarbayjonning Boku şahri sudi Rossiyaning sakkiz nafar fuqarosiga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinladi. Bu haqda “Deutsçe Welle” xabar berdi.
Malum qilinişiça, Sofronov, Draçev, Bezugliy va Dulov har biri 4 yildan qamoq jazosiga hukm qilingan. Fyodorov, Timoşov, Vasilçenko va yana bir Bezugliy esa 3 yildan ozodlikdan mahrum etilgan.
Ular “Erondan narkotiklarni tranzit qiliş va tarqatiş” hamda “kibermoşenniklik” ayblovlari böyiça sudlangan.
Himoya tomoni va qarindoşlarining aytişiça, ayblanuvçilar bosim ostida guvohlik berişga majbur qilingan va sud qarori ustidan şikoyat qiliş masalasi hozirça aniq emas.
Malumotlarga köra, mazkur iş böyiça sud jarayoni aprel oyidan buyon davom etgan. Ilgari ham bir qator rossiyaliklarga nisbatan şu kabi işlar böyiça hukmlar çiqarilgan.
Qayd etiş joiz, Rossiya va Ozarbayjon örtasidagi munosabatlar sönggi yillarda bir qator diplomatik keskinliklar, jumladan Yekaterinburgdagi hibslar va AZAL samolyoti bilan boğliq fojia ortidan yanada taranglaşgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjon Ukrainaning hududiy yaxlitligini qöllab-quvvatlaşini malum qilgandi va Ukraina yetakçisi Vladimir Zelenskiyga birgalikda qurol işlab çiqarişni taklif qilgandi.