USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Avstraliyada ilk bor quş grippi aniqlandi

57 марта
Австралияда илк бор қуш гриппи аниқланди

Avstraliya hukumati mamlakatda H5N1 quş grippi ştammining birinçi marta aniqlanganini tasdiqladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Kasallik Ğarbiy Avstraliyaning uzoq hududida, Cape Le Grand milliy boği yaqinida topilgan jigarrang skua nomli köçib yuruvçi dengiz quşida aniqlangan. Quş Esperans şahri yaqinidagi plyajda topilgan bölib, u Pert şahridan taxminan 700 kilometr janubi-şarqda joylaşgan.

Avstraliya avval H5N1 aniqlanmagan sönggi qita bölib kelgan edi. Endi bu holat tasdiqlanişi bilan virus global miqyosda barça qitalarga tarqalgan hisoblanadi. Rasmiylar bu ştamm quşlar va parrandalar orasida juda tez tarqalişini, insonlarda esa kasallaniş holatlari kam uçraşini takidlamoqda.

“Biz parranda grippidan butunlay xoli böla olmasligimizni bilardik”, deydi Qişloq xöjaligi vaziri Juli Kollinz.

Şuningdek, Esperans hududida yana bir gumon qilingan holat qayd etilgan. Holdan toygan holda topilgan janubiy petrel quşi ham laboratoriyada tekşirilmoqda. Hozirça ommaviy quşlar ölimi aniqlanmagan.

Mutaxassislar yaqin kunlarda virus boşqa hayvon populyatsiyalariga tarqalgan-tarqalmaganini aniqlaş uçun tekşiruvlar yakunlanişini bildirgan. Rasmiylar favqulodda hayvon kasalliklariga qarşi markaziy qömita allaqaçon işga tuşganini malum qilgan.

Malumot uçun, H5N1– bu quş grippi virusining turi bölib, asosan parrandalar va yovvoyi quşlarda uçraydi. U juda yuqumli va ayrim holatlarda öta xavfli hisoblanadi. Odamlarga ham yuqişi mumkin, lekin bu kam uçraydi va köpinça kasal quşlar bilan bevosita yaqin kontakt bölganda, masalan ularni uşlaş, söyiş yoki parvariş qiliş jarayonida yuz beradi. Odamda yuqsa, odatda yuqori isitma, yötal, tomoq oğriği, nafas qisişi kabi alomatlar paydo böladi, oğir holatlarda esa öpka yalliğlanişiga olib kelişi mumkin. Muhim jihati şundaki, H5N1 odamdan odamga oson tarqalmaydi, lekin mutatsiyaga uçrasa xavfi oşişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yaponiyaning Aomori prefekturasida parranda grippi avj olgani sababli 230 ming boş tovuq yöq qilinişi haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: