Ertaga yilning eng uzun kuni böladi
Ertaga, 21 iyun kuni Şimoliy yarimşarda yilning eng uzun kuni kuzatiladi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Bu hodisa yozgi “quyoş turişi” deb ataladi va u tabiatdagi eng muhim astronomik özgarişlardan biri hisoblanadi. Quyoş osmonda eng uzoq vaqt turib, odamlar eng köp yoruğlikdan bahramand böladigan damlar boşlanadi.
Janubiy yarimşarda esa bunga teskari holat kuzatiladi. U yerda bu yilning eng qisqa kuni bölib, qiş boşlanadi.
“Solstice” sözi lotinça “sol” (quyoş) va “stitium” (töxtaş, pauza) sözlaridan kelib çiqqan. Yozgi quyoş turişi quyoşning yil davomida osmonda yuqoriga kötarilişining oxiri bölib, u eng uzun va eng baland yoyni hosil qiladi. Şu kundan keyin u “orqaga çekina” boşlaydi va dekabr oxirigaça har kuni kunlar asta-sekin qisqarib boradi.
“Quyoş turişi” nima?
Yer Quyoş atrofida harakatlanar ekan, u biroz qiyaşgan öqda harakat qiladi. Şu sababli Quyoş nuri va issiqligi yil davomida Şimoliy va Janubiy yarimşarlarga teng taqsimlanmaydi.
“Quyoş turiş”lari – Yer Quyoşga eng kuçli darajada egilgan yoki undan eng uzoq egilgan paytlar bölib, bu holatlarda ikki yarimşar turli miqdorda quyoş nuri oladi va kun bilan tun eng katta farqqa ega böladi.
Şimoliy yarimşarda yozgi “quyoş turişi” paytida Yerning yuqori qismi Quyoşga eng köp egilgan böladi. Natijada yilning eng uzun kuni va eng qisqa tuni yuzaga keladi. Bu holat odatda 20–22 iyun oraliğida sodir böladi. Bu yil esa bu kun 21 iyunga töğri keladi.
Bunga qarama-qarşi holat qişki “quyoş turişi”da yuzaga keladi: Şimoliy yarimşar Quyoşdan eng uzoq tomonga egiladi va yilning eng qisqa kuni hamda eng uzun tuni kuzatiladi. Qişki quyoş turişi 20–23 dekabr oraliğida sodir böladi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 12 avgust kuni osmonda noyob astronomik hodisa – töliq quyoş tutilişi sodir böladi. Uşbu hodisa davomida Oy Quyoş va Yer örtasidan ötib, Quyoş nurini töliq tösadi. Natijada ayrim hududlarda kunduzgi vaqt qisqa muddatga qoronğilikka aylanadi.