Eron ŞHT “Telerradioeşittiriş ittifoqi”ni taşkil etişni taklif qildi
Eron Islom Respublikasi Taşqi işlar vazirligining Xorijiy OAVlar departamenti boş direktori Alirizo Miryusufiy Şanhay Hamkorlik Taşkilotining Issiqkölda bölib ötayotgan mediaforumida taşkilotining “Telerradioeşittiriş ittifoqi”ni taşkil etiş taklifini ilgari surdi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Miryusufiyning aytişiça, Eron mazkur forumda qatnaşmoqda va bu mamlakat boşdan keçirgan qirq kunlik majburiy uruşdan keyingi davrga töğri keldi.
“Bu tajriba bizga muhim saboq berdi: bugungi kunda uruşlar faqat jang maydonida boşlanmaydi. Köp hollarda ular avval axborot makonida – maqsadli dezinformatsiya tarqatiş, kognitiv operatsiyalar, ijtimoiy bölinişlarni yuzaga keltirişga urinişlar va davlatlarni beqarorlaştiriş hamda jamoatçilik fikrini şakllantirişga qaratilgan kampaniyalar orqali boşlanadi.
Eronga qarşi harbiy hujumlardan bir neça oy oldin mamlakatimiz keng kölamli dezinformatsiya va psixologik operatsiyalar kampaniyasiga duç keldi. Bu kampaniyaning bir qismi ötgan yilgi ön ikki kunlik uruş vaqtida yanada kuçaydi va Eron içidagi jurnalistlar hamda media taşkilotlarga qarşi hujumlar orqali davom ettirildi.
Şu hafta Eron Islom Respublikasi Teleradioeşittiriş taşkiloti (IRIB) qarorgohiga Isroil rejimi tomonidan uyuştirilgan hujumning yilligi ham nişonlandi. Öşanda uç nafar jurnalist halok bölgan edi. Bu hujum haqiqat ovozini öçiriş va uni dezinformatsiya bilan almaştirişga qaratilgan harakatlarning bir qismi bölgandi”, degan Alirizo Miryusufiy.
Uning sözlariga köra, uşbu axborot uruşi avval davlat töntariş urinişlariga, taxminan ikki oydan keyin esa keng kölamli uruşga olib kelgan.
“Bu tajriba axborotni tekşiriş, dezinformatsiyaga qarşi kuraşiş va milliy xavfsizlik örtasidagi boğliqlik har qaçongidan ham kuçayganini körsatdi.
Albatta, bu tajriba faqat Eronga xos emas. Sönggi yillarda ŞHTga azo köplab davlatlar turli kognitiv operatsiyalar, media orqali qutqular va içki beqarorlikni keltirib çiqarişga qaratilgan harakatlarga duç keldi. Şuning uçun ŞHT doirasidagi media hamkorlik endi faqat OAVlar örtasidagi aloqalar bilan çeklanmaydi. U barqarorlik, özaro işonç va umumiy xavfsizlikni mustahkamlaşga qaratilgan jamoaviy say-harakatlarning muhim qismiga aylandi”, degan u.
Miryusufiyning fikriça, azo davlatlarning media taşkilotlari tajriba almaşiş, tasdiqlangan axborotni tarqatiş, siyosiy maqsadlardagi dezinformatsiya kampaniyalariga qarşi turiş va mediasavodxonlikni oşiriş sohalarida hamkorlikni kuçaytirişi lozim.
Şu munosabat bilan Eron ŞHT davlatlariga Osiyo-Tinç okeani teleradioeşittiriş ittifoqi (ABU) va Yevropa teleradioeşittiriş ittifoqi (EBU) kabi tuzilmalar namunasida ŞHT Telerradioeşittiriş ittifoqini (SCO Broadcasting Union – SBU) taşkil etiş imkoniyatini körib çiqişni taklif qilgan.
Uning takidlaşiça, bunday mexanizm kontent almaşiş, mediamahsulotlarni birgalikda işlab çiqariş, audio va video platformalarni rivojlantiriş, yangi media texnologiyalarni joriy etiş hamda suniy intellektdan masuliyatli foydalanişga xizmat qilişi mumkin.
Şuningdek, u jurnalistlar almaşinuvi, kasbiy tayyorgarlik, media tarmoqlarini şakllantiriş, özaro anglaşuvni çuqurlaştiriş va xalqaro voqealarni yoritişda muvozanatli yondaşuvlarni işlab çiqişga ham yordam berişi mumkinligini takidlagan.
Miryusefiyning qayd etişiça, dunyo aholisining yarmidan köproğini birlaştirgan ŞHT köp tomonlamalik, özaro hurmat, kasbiy masuliyat va xalqlarning öz tarixini mustaqil hikoya qiliş huquqiga asoslangan yangi xalqaro media tartibni şakllantirişda muhim iştirokçilardan biriga aylaniş salohiyatiga ega.
“Bugun har qaçongidan ham köproq ŞHT doirasidagi media hamkorlik umumiy muhokamalar va davriy uçraşuvlardan çiqib, amaliy, barqaror va natijaga yönaltirilgan hamkorlikka aylanişi zarur.
Kommunikatsiya va media infratuzilmasining rivojlanişi beixtiyor ravişda dezinformatsiya, zöravonlikka çaqiriq va azo davlatlarni beqarorlaştiriş uçun maydonga aylanmasligi kerak. Oçiqçasiga dezinformatsiya tarqatiş, tartibsizliklarni qözğatiş va davlatlarning içki işlariga aralaşiş bilan şuğullanuvçi tarmoqlarga suniy yöldoş orqali efir imkoniyatlari yoki boşqa kommunikatsiya infratuzilmasini taqdim etiş bunday faoliyat oqibatlarini baholaş böyiça hukumatlar va tegişli idoralarni masuliyatdan ozod qilmaydi”, degan departament boş direktori.
Malumot uçun, Şanxay hamkorlik taşkiloti 2001 yilda taşkil etilgan bölib, unga Xitoy, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Eron, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston azo hisoblanadi.
Taşkilotning mediaforumi esa unga azo davlatlar ommaviy axborot vositalari, davlat axborot agentliklari, teleradiokompaniyalar, media sohasi rahbarlari va rasmiylarini bir maydonga jamlaydigan muloqot platformasidir. Issiqkölda ötayotgan joriy yilgi ŞHT mediaforumida qariyb 100 nafar delegat iştirok etmoqda.