Polşa Prezidenti Zelenskiydan oliy ordenni olib qöydi
Polşa Prezidenti Karol Navrotskiy Ukraina Qurolli kuçlari bölinmalaridan biriga “Ukraina qözğolonçilar armiyasi” (UPA qahramonlari) nomi berilgani sababli Ukraina yetakçisi Vladimir Zelenskiyni “Oq burgut” ordenidan mahrum qildi. Bu haqdagi tegişli bayonot Polşa prezidentining rasmiy saytida elon qilindi.
“Prezident Vladimir Zelenskiyning Ukraina Qurolli kuçlari bölinmalaridan biriga “UPA qahramonlari” nomi berilişiga rozilik berganini inobatga olib hamda Kapitul bilan maslahatlaşuvlardan söng, men Ukraina prezidentini “Oq burgut” ordenidan mahrum qiliş haqida qaror qabul qildim”, deydi Navrotskiy öz murojaatida.
U uşbu qadam “Ukraina xalqiga qarşi qaratilmaganini” va “Polşa xavfsizlik siyosatining strategik yönalişi özgarganini anglatmasligini” alohida takidlagan.
“Biz Ukrainani qöllab-quvvatlaganmiz va qöllab-quvvatlaşda davom etamiz”, deydi u.
Polşa Prezidenti Polşa jamiyatining salmoqli qismi uçun UPA Ikkinçi jahon uruşi yillarida Polşa fuqarolariga qarşi sodir etilgan jinoyatlar bilan boğlanişini eslatib ötgan. Navrotskiyning qayd etişiça, Varşava uşbu masalaning nozik jihatlarini Kiyevga bir neça bor körsatgan va harbiy qismga nom beriş töğrisidagi qaror oqibatlarini qayta körib çiqişni söragan, biroq “Ukraina tomonining pozitsiyasi özgarişsiz qolgan”.
Xuddi şu kuni Ukraina Taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga Navrotskiyning qaroriga javoban Polşaning davlat mukofoti – 2022 yilning oktyabr oyida öziga berilgan “Polşa oldidagi xizmatlari uçun” ordenining yulduzli Komandor xoçidan voz keçgan. Ukraina vaziri davlat mukofotini Polşaga qaytarib berişini malum qilib, “gap ordenlarda emas, balki munosabatda” ekanini bildirgan.
Ukraina Qurolli kuçlari bölinmasiga “UPA qahramonlari” nomi berilişi Polşada keskin reaktsiyaga sabab bölgan: Navrotskiy Seym deputati Gjegoj Plaçekning Zelenskiyni mukofotdan mahrum qiliş böyiça taşabbusini qöllab-quvvatlagan. Polşa Mudofaa vazirligi rahbari Vladislav Kosinyak-Kamiş “kesib ötiş mumkin bölmagan çegaralar borligini” aytgan, respublika TIV esa Ukrainaning Varşavadagi elçisi Vasiliy Bodnarni çaqirtirgan. Polşaning Ukrainadagi sobiq elçisi Bartoş Çixotskiy ham “UPAning uluğlanişi sababli” 2025 yilda Zelenskiydan olgan “Xizmatlari uçun” medalini qaytarib bergan.
“Rzeczpospolita” naşrining manbalarga tayanib yozişiça, Navrotskiy Kiyevga “imkoniyatlar oynasi” taqdim etgan holda, Zelenskiydan Polşaning oliy davlat mukofotini qaytarib oliş jarayonini malum vaqt davomida ongli ravişda boşlamay turgan.
Zelenskiy “Oq burgut” ordenini 2023 yilning aprel oyida qabul qilib olgan edi – öşa paytdagi Polşa Prezidenti Anjey Duda uşbu mukofotni topşirayotib, u “öz hayoti bilan Polşa Respublikasiga ulkan hissa qöşgan alohida insonlarga” berilişini takidlagan.
Malumot uçun, UPA – Ukraina qözğolonçilar armiyasi (Ukraїnska povstanska armіya) bölib, Ikkinçi jahon uruşi davrida (1942–1953 yillarda) faoliyat yuritgan harbiylaştirilgan siyosiy taşkilotdir. Uning siyosiy rahnamosi Stepan Bandera bölgan. Zamonaviy Ukraina rasmiy tarixida va jamiyatining malum bir qismida UPA vakillari milliy qahramonlar sifatida köriladi. Biroq Polşa, Rossiya va bir qator xalqaro tarixçilar uçun UPA azolari qahramon emas, balki şafqatsiz harbiy jinoyatçilar va radikal millatçilar hisoblanadi. Xususan, Volin qirğini (1943–1944): Polşa tarixidagi eng oğriqli nuqta. Uruş davrida UPA jangçilari hozirgi Ukrainaning ğarbiy qismida (Volin viloyatida) yaşagan etnik polşaliklarga qarşi ommaviy qirğin uyuştirgan. Oqibatda 50 mingdan 100 minggaça tinç aholi şafqatsizlarça öldirilgan. Polşa Seymi bu voqeani genotsid deb tan olgan.