USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Pokistonda portlaşlar sodir böldi. Qurbonlar bor

48 марта
Покистонда портлашлар содир бўлди. Қурбонлар бор

Bugun, 20 iyun kuni Pokistonning notinç şimoli-ğarbiy hududida ikkita yöl böyidagi bomba portlaşi oqibatida kamida 7 kişi halok böldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Rasmiylarning bildirişiça, birinçi portlaşda avtomobil nişonga olingan. Ikkinçi bomba esa voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvçilar yordam körsatayotgan paytda portlatilgan. Hodisa Afğoniston bilan çegaradoş bölgan Xayber-Paxtunxva viloyatining Bannu tumanida yuz bergan.

Viloyat politsiyasining yuqori martabali vakili Yosir Afridining aytişiça, har ikki portlovçi qurilma masofadan turib boşqarilgan. Birinçi portlaşda 5 kişi, ikkinçisida esa 2 kişi halok bölgan. Yana 3 kişi jarohat olgan.

Hozirda hujumni sodir etganlarni aniqlaş va qölga oliş böyiça qidiruv amaliyoti olib borilmoqda. Hozirça heç bir guruh hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmagan.

Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy portlaşlarni keskin qoralagan. U halok bölganlarning oila azolariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq soğayib ketişini tilagan. Prezident biror guruh nomini tilga olmagan holda, terrorçi tarmoqlarga boşpana, logistika va moliyaviy yordam körsatayotgan içki va taşqi tasir körsatuvçilarni ogohlantirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Pokistonning janubi-ğarbiy Balujiston viloyatida sodir bölgan hujum oqibatida önlab odamlar halok bölgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: