USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Isroil fuqarosi Ebolada gumon qilinib karantinga olindi

78 марта
Исроил фуқароси Эболада гумон қилиниб карантинга олинди
Bugun, 20 iyun kuni Isroilda Ebola virusini yuqtiriş böyiça ilk gumonli holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.

Malum qilinişiça, bemor Kongo Demokratik Respublikasidan qaytgan erkak bölib, isitma va boş oğriği şikoyatlari bilan şifokorlarga murojaat qilgan. Vazirlik hozirça faqat gumon haqida gap ketayotganini, yakuniy taşxis hali tasdiqlanmaganini malum qilgan.

Bemor Hayfa şahridagi “Rambam” tibbiyot markazining maxsus izolyatoriga yotqizilgan. Uşbu muassasa bunday holatlarni qabul qiliş uçun oldindan tayyorlangan bölgan.

Soğliqni saqlaş vazirligi malumotiga köra, bemor amaldagi protokollarga muvofiq karantinga olingan. Tahlil natijalari esa yaqin 24 soat içida tayyor bölişi aytilgan. Şu bilan birga, bemor bilan muloqotda bölgan şaxslarni aniqlaş maqsadida epidemiologik tekşiruv boşlangan.

Vazirlik mamlakat soğliqni saqlaş tizimi bunday holatlarga töliq tayyor ekanini ham bildirgan hamda fuqarolarni Kongo Demokratik Respublikasi va Ugandada kuzatilayotgan faol kasallik öçoqlariga zaruratsiz safarlardan tiyilişga çaqirgan.

AQŞning Kasalliklarni nazorat qiliş va profilaktika qiliş markazlari (CDC) malumotlariga köra, hozirga qadar Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusining 933 ta tasdiqlangan va 245 ta ölim holatlari qayd etilgan. Ugandada esa Bundibudjo turiga mansub virus bilan boğliq 19 ta holat aniqlangan va 2 ta ölim kuzatilgan.

Vazirlik hozirça xavotir uçun asos yöqligini bildirib, vaziyat yuzasidan malumotlar zaruratga qarab yangilanib borilişini bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasida Ebola avj olişi fonida şifokorlar iş taşlayotgani xabar qilingandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: