Ahvol Eron bilan uruşdan oldingidan ham yomonroq bölişi mumkin – Obama
AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama mamlakat Eron bilan uruşdan keyin avvalgi holatdan ham yomonroq vaziyatga tuşib qolgan bölişi mumkinligini bildirib, amaldagi Prezident Donald Tramp siyosatini tanqid qildi. Bu haqda u prezidentlik markazining rasmiy oçilişi arafasida NBC telekanaliga bergan intervyusida söz oçdi.
Savollarga javob berar ekan, Obama Donald Trampning Eronga qarşi harbiy amaliyot boşlaş qarorini şubha ostiga olgan.
“Biz uruş olib bordik, milliardlab dollar sarfladik, armiyamizga katta yuk tuşirdik. Köplab odamlar halok böldi va hozir qarasak, uruş boşlanişidan oldingi nuqtaga qaytgandekmiz, hatto ehtimol undan ham yomonroq ahvoldamiz”, degan u.
Sobiq prezident AQŞ va Eron örtasida imzolangan özaro anglaşuv memorandumini ijobiy baholagan. Şu bilan birga, u öz prezidentligi davrida tuzilgan Eron yadroviy kelişuvini eslab ötgan.
“Eron yadroviy qurol yaratmaslikka rozi bölgan edi. Biroq bu mamuriyat yoki uning avvalgi körinişi uşbu kelişuvdan çiqib ketdi. Bu esa Eronning yadroviy salohiyatini yanada oşirişga olib keldi”, deydi u.
Malumot uçun, Donald Tramp birinçi prezidentlik muddati davrida, 2018 yilda 2015 yilgi Eron yadroviy kelişuvidan çiqqan edi. Mazkur kelişuv Tehronning yadroviy qurol yaratiş imkoniyatini çeklaşga qaratilgan çoralarni öz içiga olgan.
Obama suhbat davomida mamlakatdagi siyosiy muhit haqida ham töxtalib ötgan. Uning fikriga köra, hozir AQŞ qutblaşuv va beqarorlik davrini boşdan keçiryapti hamda köpçilik mamlakatning demokratiya, fuqarolik qadriyatlari va özaro munosabati yemirila boşlaganini his qilmoqda. Obamaning aytişiça, yangi prezidentlik markazi odamlarga ötmişni emas, balki har bir insonda mavjud bölgan fuqarolik masuliyatini eslatib turişi kerak.
“Har birimiz hukumat samarali işlaşi uçun masuliyat hissiga egamiz. Saylangan amaldorlarning javobgarligini taminlaşda hammamiz öz hissamizni qöşişimiz kerak”, degan AQŞning sobiq prezidenti.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama özga sayyoraliklar mavzusida ham Tramp bilan turli fikrlarga borgani xabar qilingandi.