Liviya sohillarida kamida 15 nafar muhojirning jasadi topildi
20-06-2026, 18:45
54 марта
Liviyaning şarqiy sohillarida sönggi bir hafta içida kamida 15 nafar muhojirning jasadi qirğoqqa çiqib qoldi. Bu haqda mamlakatning xavfsizlik, dengiz floti va tibbiyot manbalariga tayanib, “Reuters” xabar qildi.
Naşrning yozişiça, jasadlar Misr çegarasi yaqinida joylaşgan Tobruk şahri sohillarining turli nuqtalaridan topilgan. Ikki nafar xavfsizlik xizmati xodimi jasadlar ança çirib ketganini bildirib, sohil böylab yana boşqa qurbonlar topilişi mumkinligidan ogohlantirgan.
Tobruk Qizil Yarimoy jamiyati Facebook sahifasida elon qilingan suratlarda himoya kiyimlarini kiygan köngillilar toşloq sohillardan jasadlarni yiğib, maxsus oq xaltalarga joylaştirayotgani aks etgan.
Malumot uçun, 2011 yilda Muammar Kaddafiy hokimiyati ağdarilganidan keyin Liviya Yevropa tomon yöl olgan muhojirlar uçun asosiy tranzit nuqtalardan biriga aylangan. Qurolli mojarolar, qaşşoqlik va iqtisodiy qiyinçiliklardan qoçayotgan minglab odamlar har yili Sahroi Kabir orqali Liviyaga boradi va keyin xavfli Örta Yer dengizi orqali Yevropa sohillariga ötişga harakat qiladi.
Şu bilan birga, neftga boğliq Liviya iqtisodiyoti ham iş izlab kelayotgan muhtoj muhojirlarni jalb qilib kelmoqda. Ayrim holatlarda esa bu safarlar fojia bilan yakunlanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Bangladeş hududidan muhojirlar bilan birga yölga çiqqan kema Andaman dengizida çökib ketişi oqibatida 250 dan ortiq muhojir bedarak yöqolgan edi.