USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ va Eron muzokaralarining birinçi raundi yakunlandi

72 марта
АҚШ ва Эрон музокараларининг биринчи раунди якунланди

Qatar va Pokiston AQŞ va Eron örtasidagi muzokaralarning birinçi bosqiçi yakunlanganini elon qildi.

Şveytsariyaning Burgenştok şahrida bölib ötgan yuqori darajadagi muzokaralarning birinçi raundi yakunlandi. Unda Eron Islom Respublikasi, AQŞ va vositaçi tomonlar – Qatar hamda Pokiston vakillari iştirok etdi.

Tomonlar AQŞ va Eron örtasida 60 kun içida kelişuvlarga erişiş böyiça yöl xaritasini kelişib olgan. Şuningdek, muzokara jarayonini nazorat qiliş uçun maxsus qömita tuzişga kelişilgan.

Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi muzokaralarda Qatar va Pokiston vositaçiligi tufayli Eron neft eksportiga qöyilgan çeklovlar bekor qilingani, bir qator aktivlar muzlatişdan çiqarilgani va Eronni tiklaş böyiça reja işga tuşirilganini aytgan.

Şuningdek, tomonlar kelişmovçiliklarning oldini oliş va xavfsiz aloqa uçun maxsus aloqa liniyasini yaratişga kelişib olgan. Bu, jumladan, Hormuz böğozi orqali tijorat kemalarining xavfsiz harakatini taminlaş uçun ham xizmat qiladi.

Avvalroq, Eron Taşqi işlar vazirligi vakili muzokaralarda “yaxşi taraqqiyot” borligini aytgan edi. Tomonlar muzokaralarda ilgari kelişilgan majburiyatlarni bajariş masalasini muhokama qilmoqda. Ular orasida öt oçişni töxtatiş, harbiy keskinlikni kamaytiriş, Hormuz böğozi orqali kemalar harakatini tiklaş va dengiz blokadasini bekor qiliş kabi bandlar bor.

Eslatib ötamiz, oldinroq Eron delegatsiyasi AQŞ Prezidenti Donald Trampning tahdidli bayonotlaridan söng Şveytsariyada ötayotgan muzokaralar joyini tark etgandi. Biroq “Axios” jurnalisti Barak Ravid malumotiga köra, tomonlar örtasidagi muzokaralar hanuz davom etmoqda. TASS manbasi esa Eron delegatsiyasi muzokaralar zalini tark etganini, ammo uçraşuv rasman yakunlanmaganini bildirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: