Avstraliyada rekord miqdorda kokain musodara qilindi
Avstraliya Federal politsiyasi (AFP) Sidney ğarbidagi Londerderri hududidan 2,7 tonna kokain musodara qildi. Bu mamlakat tarixida aniqlangan eng yirik kokain partiyasi hisoblanadi. Bu haqda politsiya idorasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, narkotiklar uçta yuk konteynerining soxta poli ostidagi yaşirin joylardan, plastik idişlar içidan topilgan. Politsiyaning baholaşiça, uşbu partiyaning qora bozordagi qiymati taxminan 816 million dollarni taşkil etişi mumkin, uning hajmi esa taqriban 3 million bir martalik dozaga teng.
Mazkur iş böyiça 21 va 25 yoşli ikki erkak qölga olingan. Ularga noqonuniy ravişda olib kirilgan giyohvandlik vositasining tijorat partiyasini saqlaş ayblovi qöyilgan. Uşbu modda böyiça maksimal jazo umrbod ozodlikdan mahrum qilişdir. Har ikki hibsga olingan şaxs qamoqda qolmoqda, navbatdagi sud majlisi joriy yilning 13 avgust kuni Penrit sudida bölib ötadi.
Uşbu musodara operatsiyasi Avstraliyaning şarqiy qirğoqlarida yirik miqdordagi narkotiklarni olib kiriş va tarqatişga bölgan urinişlarni örganiş böyiça olib borilayotgan “Operation Minjiang” tergovi doirasida amalga oşirilgan. Politsiya talqiniga köra, kokain mamlakatga Şimoliy Kvinslenddagi Midj Poynt hududi orqali olib kirilgan va keyin uyuşgan jinoiy guruh körsatmasi bilan Sidneyga taşilgan.
“Operation Minjiang” doirasida politsiya jami 3 tonnadan ortiq giyohvandlik vositalarini, jumladan, bundan avval topilgan 178 kg kokain va 142 kg metamfetaminni musodara qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ispaniyada rekord miqdordagi – 35-40 tonna atrofida kokain musodara qilingan edi.