AQŞ–Meksika çegarasini boğlovçi yaşirin tunnel topildi
3-06-2026, 15:01
126 марта

AQŞ–Meksika çegarasini boğlovçi yaşirin tunnel topildi
Meksika Boş prokuraturasi joriy yilning 31 may kuni Tixuana şahri yaqinida AQŞ çegarasiga olib borişi mumkin bölgan murakkab yerosti tunnelini aniqladi. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.Rasmiylarning malum qilişiça, tunnel qurol-yaroğ, portlovçi moddalar va giyohvand moddalarni noqonuniy taşişda foydalanilgan bölişi mumkin.
Aniqlanişiça, tunnelning uzunligi taxminan 265 metrni, çuqurligi esa 6,3 metrni taşkil etadi. Unda yoritiş va şamollatiş tizimlari hamda yuklarni ikki tomonga taşiş uçun möljallangan elektron transport mexanizmi mavjud bölgan.
Operatsiya natijasida umumiy oğirligi 1029 kilogramm bölgan, qiymati qariyb 45 million dollarga teng kokain hamda öq-dorilar, metamfetamin, marixuana va turli hujjatlar musodara qilingan. AQŞ rasmiylarining malum qilişiça, uşbu musodara Meksikaning eng yirik jinoiy taşkilotlaridan biri hisoblangan “Xalisko – Yangi avlod karteli”ga jiddiy zarba bölgan. Mazkur jinoiy iş doirasida tört nafar gumonlanuvçi hibsga olingan. Ularga taqiqlangan moddalarni tarqatiş va noqonuniy tunnellardan foydalaniş ayblovlari qöyilgan. Aybdor deb topilgan taqdirda, ular umrbod qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin.
Meksika Boş prokuraturasi malumotlariga köra, tunnel AQŞning San-Diyego şahridagi köçalardan biriga çiqişi mumkin. Biroq tunnelning AQŞ tomonidagi çiqiş nuqtasi hozirça rasman tasdiqlanmagan.
AQŞ va Meksika rasmiylari yerosti kontrabanda yöllariga qarşi kuraş davom etişini bildirgan.