Tojik-afğon çegarasida yana otişma böldi. Qurbonlar bor
31-01-2026, 21:48
72 марта

Tojik-afğon çegarasida yana otişma böldi. Qurbonlar bor
Tojikiston va Afğoniston çegarasida yana otişma böldi. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik Çegara qöşinlari xabar berdi.Malum bölişiça, 29 yanvar kuni soat 19:30 atrofida Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qömitasining 0341-qismining Bahorak çegara posti hududida 5 nafar afğon kontrabandaçisi çegarani noqonuniy ravişda kesib ötib, mamlakatga kirgan.
Kuzatuvlar natijasida afğonlarning hududdagi yönalişi aniqlangan. Qurollangan kontrabandaçilar çegara qöriqçilarining buyruqlariga böysunmay qarşilik körsatib, Afğoniston tomon qoçişga uringan. Otişmalari oqibatida uç nafar afğon kontrabandaçisi voqea joyida zararsizlantirilgan. Ikki nafar kontrabandaçi tun qoronğuligidan foydalanib, Afğoniston tomon qoçişga muvaffaq bölgan.
Xabarga köra, voqea joyidan 3 ta Kalaşnikov avtomati, 150 ta öq-dori, 4 ta paketda 73 ta giyohvand moddalar “gaşiş”, “afyun” va qayiq musodara qilingan.
Ayni paytda holat yuzasidan, Tojikiston Jinoyat kodeksining 200-moddasi (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni sotiş maqsadida noqonuniy olib ötiş), 289-moddasi (kontrabanda), 335-moddasi (Tojikiston Respublikasi davlat çegarasini noqonuniy kesib ötiş) va 195-moddasi (qurol, öq-dori, portlovçi moddalar va portlovçi qurilmalarni noqonuniy ravişda oliş, ötkaziş, sotiş, saqlaş, taşiş yoki olib yuriş) bilan jinoiy iş qözğatilib, tergov harakatlari boşlangan.