Kolumbiyada öng qanotçi nomzod prezidentlik saylovida ğalaba qozondi
Kolumbiyada ötkazilgan prezidentlik saylovining ikkinçi bosqiçida öng qanotdan nomzod Abelardo de la Espriyella kiçik farq bilan ğalaba qozondi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Dastlabki natijalarga köra, AQŞ Prezidenti Donald Tramp qöllab-quvvatlagan nomzod ovozlarning 49,66 foizini qölga kiritgan. Uning raqibi, senator Ivan Sepeda esa 48,70 foiz ovoz töplagan. Ikki nomzod örtasidagi farq taxminan 250 ming ovozni taşkil etgan.
Qayd etilişiça, saylov kampaniyasi davomida De la Espriyella jinoyatçilikka qarşi keskin kuraş, iqtisodiyotni jonlantiriş, neft va gaz sohasini rivojlantiriş, soliqlarni hamda davlat apparatini qisqartirişni vada qilgan. U şu bilan birga amaldagi Prezident Gustavo Petro davrida joriy etilgan eng kam iş haqining 23 foizlik oşirilişi va ayrim ijtimoiy dasturlarni saqlab qolişini bildirgan.
“Men menga ovoz berganlar uçun ham, boşqa nomzodni tanlaganlar uçun ham prezident bölaman”, degan De la Espriyella öz tarafdorlari oldida qilgan çiqişida.
Uning raqibi Ivan Sepeda esa Prezident Gustavo Petroning siyosatini davom ettirişni taklif qilgan. Bular qatorida kam taminlangan aholi uçun pensiya tölovlari, kasaba uyuşmalari qöllab-quvvatlagan mehnat islohotlari, yangi neft loyihalariga moratoriy va qurolli guruhlar bilan tinçlik muzokaralarini davom ettiriş bor edi.
Malumotlarga köra, Sepeda saylov natijalari böyiça yakuniy tekşiruvni kutişini malum qilgan. Uning ştabi mamlakat böylab 33 ming saylov qutisi böyiça natijalarni bahslaşmoqda.
Tahlilçilar fikriça, nomzodlar örtasidagi farq juda kiçik bölgani sababli yangi prezident öz dasturining bir qismini yumşatişga majbur bölişi mumkin. Çunki mamlakat parlamentida heç bir siyosiy kuç mutlaq köpçilik tarafdorlariga ega emas. Saylovda 41,4 million saylovçidan 26,3 millioni iştirok etgan. Şuningdek, 427 mingdan ortiq saylovçi böş byulleten taşlab, norozilik ovozini bildirgan.
Kuzatuvçilarning qayd etişiça, Kolumbiyadagi saylov natijalari Lotin Amerikasida sönggi yillarda kuzatilayotgan siyosiy tendentsiyani davom ettirgan. Bungaça Çili, Argentina, Kosta-Rika, Boliviya va Ekvadorda ham öng qanotçi prezidentlar saylangan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro AQŞ Prezidenti Donald Trampni mamlakatdagi prezidentlik saylovlariga aralaşişda ayblagan edi.