Maktabdagi otişmada uç kişi halok böldi
Bugun, 22 iyun kuni Filippinning markaziy qismidagi örta maktabda ikki nafar öquvçi qurolli hujum uyuştirişi oqibatida uç kişi halok böldi, yana yetti kişi yaralandi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Malum qilinişiça, 14 va 15 yoşli ikki öquvçi bugun, 22 iyun kuni ertalab Takloban şahridagi San Jose National High Sçool maktabida öqotar qurollardan foydalangan holda öt oçgan. Mintaqaviy politsiya boşliği Jeyson Kapoyning aytişiça, hujum qilganlar ham, qurbonlar ham mazkur maktab öquvçilari bölgan.
Gumondorlar voqeadan söng qölga olingan. Dastlabki söroqlarda gumondorlar maktabda muntazam tahqirlaş va zöravonlikka uçraganliklarini bildirgan. Biroq politsiya bu borada qöşimça malumot bermagan.
Qayd etilişiça, gumondorlarning avval sudlanmaganligi aniqlangan. Şuningdek, ular hujumda işlatilgan 9 millimetrli töpponça va 38 kalibrli revolverni qayerdan olgani hozirça nomalum.
Politsiya malumotlariga köra, maktabda bir vaqtning özida bir neçta kiriş va çiqiş joylarini nazorat qilayotgan faqat bitta qöriqçi bölgani sababli öquvçilar qurollarni maktab hududiga olib kirişga muvaffaq bölgan.
“Gumondorlar dastlab bir sinfxonaga bostirib kirgan. Otişmadan keyin bolalar qoçib ketgan va hujumçilar ayrim jabrlanuvçilarni quvib, boşqa xonaga ham kirgan körinadi”, deydi Kapoy.
Politsiya rahbarining sözlariga köra, halok bölgan va yaralanganlarning aksariyati qiz öquvçilar bölgan. Gumondorlardan biri hujumdan keyin maktab hududida qölga olingan. Ikkinçisi esa qoçib, yaqin atrofdagi uyga yaşiringan. Mahalliy aholi xabari asosida politsiya uni ham topib hibsga olgan.
Filippin prezidenti Ferdinand Markos kiçik voqea yuzasidan har tomonlama tergov ötkazişni buyurgan hamda barça maktablar, iş joylari va jamoat maskanlarida xavfsizlik çoralarini kuçaytirişni topşirgan.
“Prezident bu voqeadan çuqur qayğuga tuşdi. Ayniqsa, qurbonlarning ota-onalari uçun bu juda oğir va dahşatli holat”, deydi Prezident kommunikatsiyalari böyiça kotib örinbosari Kler Kastro.
Filippin milliy politsiyasi fuqarolarni xotirjamlikni saqlaşga va tergovga yordam berişi mumkin bölgan har qanday malumotni huquq-tartibot organlariga yetkazişga çaqirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Krasnodar ölkasidagi tumanlaridan birida joylaşgan maktabda otişma yuz bergan edi. Töqqizinçi sinf öquvçisi talim muassasasiga pnevmatik qurol olib kirgan.