Uruş yönalişi özgardi: Ukraina endi zarba qabul qiluvçi emas, zarba beruvçi tomon
Rossiya—Ukraina uruşi törtinçi yiliga kirgan bir paytda jang maydonida yangi bosqiç boşlandi. Agar avvalgi yillarda Ukraina asosan Rossiyaning raketa va dron hujumlarini qaytarişga majbur bölgan bölsa, 2026 yil yoziga kelib taşabbusning bir qismi Kiyev qöliga öta boşladi. Iyun oyining özida Rossiya hududiga yuzlab uzoq masofali dronlar yuborildi, harbiy aerodromlar, neft obektlari va mudofaa sanoati korxonalari nişonga olindi.
Uruşning alangalanişi
Joriy yilning 3, 6, 8, 15, 21 va 22 iyunga ötar keçalari Rossiya uçun oğir sinov böldi. Bu kunlarda havo hujumidan mudofaa tizimlari yuzlab dronlarni tutib qolişga majbur böldi, Moskva va bir qator viloyatlarda aeroportlar faoliyati vaqtinça töxtatildi. Ukraina esa bu hujumlar orqali Rossiyaning harbiy-sanoat salohiyati va logistika tizimini izdan çiqarişga urinayotganini takidlamoqda.
Ayni paytda har ikki tomon ham zarbalar intensivligini oşiryapti. Natijada front çiziğidan minglab kilometr uzoqdagi şaharlar ham uruş tasirini his qila boşladi. Assalomu alaykum, ayni daqiqalarda sovuq uruşning eng qaynoq nuqtasiga aylangan Rossiya—Ukraina mojarosidagi sönggi vaziyat haqida batafsil malumot beramiz.
Yuzlab dronlar yomğiri
2026 yil 22 iyun tongida, Ukrainaning uç yuzdan ortiq droni Rossiya hududiga zarba berdi. Rossiya Mudofaa vazirligining malum qilişiça, dronlar Belgorod, Bryansk, Volgograd, Voronej, Kaluga, Kursk, Rostov, Tambov, Tver, Tula, Smolensk viloyatlari, şuningdek, Moskva viloyati, Krasnodar ölkasi, Qrim, Azov va Qora dengizlar uzra urib tuşirilgan. Şuningdek, Moskva meri Sergey Sobyanin 22 iyun tongida harbiylar poytaxt yönalişida uçayotgan 59 ta dronni tutib olişganini malum qilgan.
Kaluga viloyati rahbari Vladislav Şapşa Babininskiy, Borovskiy, Jukovskiy, Kirovskiy va Tarusskiy munitsipal okruglari hududlari uzra beşta dron tutib olingani haqida hisobot bergan.
Voronej viloyati gubernatori esa Aleksandr Gusev harbiylar tunda viloyatida 18 ta dronni urib tuşirganini malum qilgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya hududiga uzoq masofali zarbalarni davom ettiriş niyatini bildirib, bu strategiyani «uruşni Rossiya hududiga qaytariş» deb atadi.
Voronejdagi harbiy zavodga zarbasi berildi
Şu yilning 22 iyun kuni, Ukraina Qurolli kuçlarining Harbiy-havo kuçlari bölinmalari Rossiyaning Voronej şahridagi raketa komponentlari işlab çiqaradigan zavodga zarba berdi. Ukraina harbiylarning bildirişiça, zarba beriş uçun yuqori aniqlikdagi qanotli raketalardan foydalanilgan.
Uşbu korxona Rossiya harbiy-sanoat majmuasining öta muhim elementi hisoblanadi. Unda Rossiya raketalari, xususan, “Iskandar” tezkor-taktik raketa majmualari uçun işlatiladigan elektronika mahsulotlari işlab çiqariladi. Bundan taşqari, Rossiya korxonasi işlab çiqariş kooperatsiyasi doirasida raketa qurollari va havo mudofaa tizimlari uçun X-101 qanotli raketalari uçun tranzistorli bloklar va matritsalar; “Iskandar-K” majmuasi raketalarining bort hisoblaş maşinalari uçun detallar; “Pantsir-S1” zenit majmualarining televizion kanallari uçun elektronika qurilmalarini yetkazib berişga möljallangan bölgan.
“Uşbu zavod mahsulotlaridan duşman töğridan töğri yuqori aniqlikdagi boşqariladigan qurollarni işlab çiqarişda foydalanadi. Rossiya bosqinçilari aynan şu qurollar yordamida Ukraina hududiga zarbalar berib, tinç aholini halok qilmoqda”, deyiladi Ukraina Boş ştab bayonotida.
Ukrainaliklarning qayd etişiça, zavod quvvatlarining yöq qilinişi yangi raketalar işlab çiqariş imkoniyatini sezilarli darajada yomonlaştiradi.
Diplomatik ogohlantirişlar
Uruşning kuçayişi fonida bir neçta Ğarb va Osiyo davlatlari jumladan, AQŞ, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqining ayrim azolari öz elçixonalari orqali ogohlantiriş bayonotlarini yangiladi. Bunga Ukrainaning uzoq masofali dronlar va raketalar yordamida Rossiya içkarisiga berayotgan zarbalari kölami kengaygani hamda Rossiya şaharlarida havo mudofaasi tizimlarining yuklamasi ortgani sabab qilib körsatildi. Fuqarolarga Rossiyaga bormaslik va u yerdagilarga jamoat transporti hamda harbiy obektlar yaqinida yurmaslik tavsiya etildi.
Voqea tafsilotlari bilan batafsil tanişiş uçun QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasi orqali uşbu videoni tomoşa qiling.