USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Belgiya “Tolibon” vakillariga viza berdi

53 марта
Бельгия “Толибон” вакилларига виза берди

Belgiya “Tolibon” harakatining beş nafar vakiliga viza berdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Malum qilinişiça, ular Yevropa Ittifoqi yiğilişida iştirok etiş uçun Bryusselga taklif qilingan.

Belgiya Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Odri Jakening sözlariga köra, gap faqat Belgiya hududida amal qiluvçi va bir kunlik muddatga berilgan vizalar haqida ketmoqda. Xavfsizlik nuqtai nazaridan “Tolibon” vakillarining Bryusselga qaçon kelişi oçiqlanmagan.

Yevropa Ittifoqidagi ikki manbaning xabar berişiça, “Tolibon” delegatsiyasi bugun, 23 iyun kuni Bryusselga yetib borişi kutilmoqda.

Joriy yilning may oyida Yevropa Ittifoqi Afğoniston fuqarolarini öz vataniga qaytariş masalasini texnik darajada muhokama qiliş uçun “Tolibon” vakillarini Bryusselga taklif qilgandi. Xususan, Yevropa davlatlarida yaşaş huquqiga ega bölmagan va xavfsizlikka tahdid soluvçi afğonlarni qaytariş masalasi körib çiqilişi rejalaştirilgan.

“Eurostat” malumotlariga köra, 2013–2024 yillar oraliğida Afğoniston fuqarolari Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 1 milliondan ortiq boşpana sörovi bilan murojaat qilgan. Ularning qariyb yarmi qanoatlantirilgan. 2025 yilda ham afğonlar Yevropa Ittifoqida eng köp boşpana söragan millat bölib qolmoqda.

“Tolibon” 2021 yil avgustida hokimiyatni egallaganiga qaramay, Yevropa Ittifoqining qariyb 20 davlati afğonlarni vatanga deportatsiya qiliş amaliyotini davom ettirmoqda. Köplab huquq himoyasi taşkilotlari bu amaliyotni tanqid qilib keladi. Ularning fikriça, deportatsiya qilingan şaxslar taqib, özboşimçalik bilan hibsga oliş va qiynoqlarga duç kelişi mumkin. Bu xavf ayniqsa ayollar, jurnalistlar, sobiq davlat xizmatçilari va faollar uçun yuqori hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq “Tolibon” yetakçisi Haybatulloh Oxunzoda guruh azolari va hukumat xodimlari uçun smartfonlardan foydalanişni taqiqlaş böyiça yangi oğzaki buyruq bergan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: