Şavkat Mirziyoyev bilan çegara masalasini hal qilamiz – Qirğiziston rasmiysi
Joriy yilning avgust oyida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qirğizistonga davlat taşrifi bölib ötadi hamda taşrif doirasida “Seydikum” çegara nazorat-ötkaziş punktini oçiş masalasi muhokama qilinadi. Bu haqda Qirğiziston Davlat çegara xizmati raisining birinçi örinbosari – Boş ştab boşliği Mirzamir Sidiqov Jogorku Keneşning xalqaro işlar qömitasi yiğilişida malum qilgan.
Deputat Aybek Altinbekovning takidlaşiça, hozirda Qirğiziston–Özbekiston çegarasidagi barça nazorat-ötkaziş punktlari oçilgan bölib, faqat “Seydikum” punkti işlamayapti. Uning sözlariga köra, mazkur punktning oçilişi Bozorqörğon tumani iqtisodiyoti uçun manfaatli böladi.
Çegara xizmati rahbari örinbosarining aytişiça, Qirğiziston va Özbekiston hukumatlararo komissiyasi uşbu masala böyiça iş olib bormoqda. Tomonlar çegara punktlariga oid kelişuvlarni muhokama qilmoqda va şu maqsadda rasmiylar tomonidan 18 iyun kuni Namanganda uçraşuv ötkazilgan.
“Çegara nazorat-ötkaziş punktlari töğrisidagi kelişuvga özgartirişlar kiritildi, jumladan, “Seydikum” punkti böyiça ham. Avgust oyida Özbekiston Prezidentining Qirğizistonga davlat taşrifi bölib ötadi va mazkur masala imzolaş uçun kun tartibiga kiritiladi”, degan Mirzamir Sidiqov.
Eslatib ötamiz, avvalroq Gruziya Boş vaziri Irakliy Kobaxidze jurnalistlar bilan suhbatda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning joriy yilning iyul oyida Gruziyaga taşrifi kutilayotganini malum qilgandi.