Qirğiziston Özbekiston çegarasida yangi post oçdi
28-05-2026, 20:06
147 марта

Qirğiziston Özbekiston çegarasida yangi post oçdi
Qirğiz Respublikasi Botken tumanining Soğment qişloğidagi çegara hududida Özbekiston bilan yangi çegara punkti oçildi. Bu haqda Qirğiziston Prezidentining Botken viloyatidagi vakolatli vakili matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, çegara punktining oçiliş tadbirida onlayn formatda Qirğiziston Davlat çegara xizmati raisi Abdukarim Alimboyev va joyning özida boşqa mutasaddilar iştirok etgan. Marosimda rahbarlar “Soğment” çegara postining oçilişi davlat xavfsizligini mustahkamlaş va çegara hududlarida barqarorlikni taminlaşda muhim voqea ekanini takidlagan.
“Uşbu çegara postida xizmatni sifatli olib boriş uçun barça şaroit yaratilgan. Zamonaviy talablarga javob beradigan kazarma qurilib, xizmat uçun zarur imkoniyatlar taminlangan”, deyiladi xabarda.Malum qilinişiça, uşbu hudud Qirğiziston va Özbekiston davlat çegarasining 12 kilometrdan ortiq qismini qamrab oladi.
Malumot örnida, avvalroq Farğona viloyatining Şohimardon qişloğiga kiriş qismida joylaşgan “Oq-Qiya” bojxona punkti hamda “Söx” çegara bojxona posti 24 soatlik iş rejimiga ötgan edi. Bunga qadar uşbu bojxona maskanlarida xizmat soat 06:00 dan 22:00 ga qadar olib borilgan. Bildirilişiça, ötkaziş punktlarining iş rejimidagi özgariş faqat yozgi sayyohlik mavsumida – joriy yilning 1 oktyabriga qadar amal qiladi.