Qirğiziston-Tojikiston çegarasida 200 kilometrlik tösiq örnatiladi
2-03-2026, 15:47
131 марта

Qirğiziston-Tojikiston çegarasida 200 kilometrlik tösiq örnatiladi
Bugun, 2 mart kuni Qirğizistonning Botken viloyatida Qirğiziston-Tojikiston çegarasini demarkatsiya qiliş va kontrabandaga qarşi kuraşiş masalalari böyiça tezkor ştab yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.Qayd etilişiça, yiğiliş Qirğiziston Davlat çegara xizmati raisi Abdukarim Alimboyev va Prezidentning viloyatdagi vakolatli vakili Oybek Şamenov boşçiligida ötkazilgan. Majlisda çegaralarni muhandislik jihatidan mustahkamlaş işlarining borişi körib çiqilgan. Barça tegişli idoralar rahbarlariga vazifalarni öz vaqtida va sifatli bajarişni taminlaş topşirilgan.
2025 yilda çegaraning qariyb 150 kilometrida muhandislik tösiqlari örnatilgan. 2026 yil uçun 200 kilometrlik himoya liniyalarini quriş rejalaştirilgan:
- 65 kilometr – Botken tumani böyiça;
- 135 kilometr – Laylak tumani böyiça.
Noqonuniy taşişlarni (kontrabanda) aniqlaş böyiça işlar kuçaytirilgani qayd etilgan. Yuqori xavfli hududlarda nazoratni kuçaytiriş, muhandislik tösiqlariga şikast yetkazişga bölgan urinişlarning oldini oliş va örnatilgan infratuzilma xavfsizligini taminlaş böyiça topşiriqlar berilgan.