USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbek-qirğiz çegarasini buzib ötganlar uşlandi

125 марта

Özbek-qirğiz çegarasini buzib ötganlar uşlandi

Namangan viloyatida özbek-qirğiz çegarasini noqonuniy kesib ötib, Qirğizistondan qöy olib kirmoqçi bölganlar qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Namangan viloyati Içki işlar boşqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati va Kosonsoy tumani Içki işlar bölimi tezkor xodimlari tomonidan hamkorlikda joriy yilning 20 yanvar kuni olib borilgan tezkor profilaktik tadbirlar davomida doimiy ravişda davlat çegarasini buzib, noqonuniy tovar boyliklar va odamlarni ötkaziş bilan şuğullanib kelgan jinoiy guruh qölga olingan.

Malum bölişiça, Kosonsoy tumani Abdurahmon Jomiy MFYda yaşovçi şaxs şu tumanning “Gulboğ” va “Çorboğ” mahallalarida yaşovçi 4 nafar tanişi bilan Kosonsoy tumani “Bahoriston” MFYdagi Qirğiziston bilan davlat çegarasini sim tösiq tortilgan qismidan buzib ötgan. Ular Qirğiziston Respublikasi Olovoqa tumani “Baymoq” ovulida yaşovçi tanişining oldiga borgan va u yerdagi qöylarni çegarani buzib Özbekistonga olib ötmoqçi bölgan. Biroq ular özaro kelişa olmagan va Qirğiziston fuqarosi qöylarni bermasligini aytib, guruhni qirğiz-özbek çegarasining Kosonsoy tumani “Rovot” MFY hududi bilan çegaradoş qismiga olib borgan.   

5 nafar qonunbuzar özbek-qirğiz davlat çegarasining sim tösiq tortilgan qismini noqonuniy ravişda kesib ötib, Kosonsoy tumani “Rovot” MFY hududiga ötgan vaqtida tezkor xodimlar va çegara harbiylari tomonidan qölga olingan.
Bildirilişiça, mazkur holat böyiça Kosonsoy tumani Içki işlar bölimi huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 223- moddasi (qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş yoki Özbekiston Respublikasiga kiriş) 2-qismi bilan jinoyat iş qözğatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: